|
Axborot tizimlarining turlari
|
bet | 17/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi 5. Axborot tizimlarining turlari.
Funksional alomat tushunchasi
Funksional alomat tizimga tegishli qism tizim vazifasi, uning asosiy maqsadlari va funksiyalarini aniqlaydi. Axborot tizimining strukturasi funksional tizim qismlari to‘plamidan iborat, funksional alomat esa axborot tizimlarini tasniflashda foydalaniladi.
Ishlab chiqarish, tijorat obyektlari bo‘yicha xo‘jalik yuritish amaliyotida funksional alomat quyidagi faoliyat turlari bilan bog‘liq: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar.
Ishlab chiqarish faoliyati bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnika yangiliklarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq.
Mapketing faoliyati quyidagilardan iborat:
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bozorini tahlil etish, savdo-sotiqni tahlil etish;
mahsulot realizatsiyasini ta’minlash uchun reklama kampaniyasini tashkil
etish;
moddiy-texnika ta’minotini ratsional (oqilona) tashkil etish.
Moliyaviy faoliyat firmaning buxgalteriya, statistik va operativ axborotlari asosida resurslarni nazorat etish va tahlil qilishni tashkil etish bilan bog‘liq.
Kadrlarga oid faoliyat firma uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, bu boradagi xizmat hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq.
Yuqoridagi faoliyatlar mos ravishda axborot tizimlarini umumiy holda quyidagi turlarga ajratish imkonini beradi:
ishlab chiqarish tizimlari;
marketing tizimlari;
moliyaviy va hisobga olish tizimlari;
kadrlar tizimi;
firma faoliyati va uning xususiyatidan kelib chiqqan holda yordamchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan boshqa turdagi tizimlar turi.
Yirik firmalarda asosiy axborot tizimi funksional vazifalarni bajaruvchi bir necha qism-tizimlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyaning axborot tizimi quyidagi qism- tizimlardan tashkil topadi: zahiralarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, mahsulot realizatsiyasini boshqarish, alohida bo‘limlar (buxgalteriya, rejalashtirish, kadrlar va boshqalar) ishini bosqarish va shu kabilar.
1-jadval. Axborot tizimlari funksional alomati.
Marketing
tizimlari
|
Ishlab
chiqarishning
|
Moliya va
hisob-kitob
|
Kadrlar
tizimlari (inson
|
Boshqa tizimlar,
an,
|
Bozorni o‘rganish va savdoni
|
Ish hajmini reja- lashtirish va
|
Buyurtmalar portfelini
|
Mehnat resurslari va
|
Firma faoliyati ustidan nazorat.
|
Savdo-sotiqni
boshqarish.
|
Ishlab
chiqarishning
|
Kredit
siyosatini
|
Xodimlar
haqidagi
|
Dolzarb
muammolarni
|
Narxlarni tahlil
qilish va
|
Uskunalarning
ishlashi tahlili.
|
Moliya rejasini
tuzish.
|
Kadrlar
tayyorlash
|
Boshqaruv va
strategik vaziyatlar
|
Buyurtmalarni hisobga olish.
|
Yetkazib beruvchilarga
|
Moliyaviy tahlil va
|
|
Strategik yechimlarni ishlab
|
|
Zahiralarni
|
Budjet
|
|
|
|
|
Buxgalteriya
hisobi va
|
|
|
Axborot tizimining turi u kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi va boshqarishning qaysi bo‘giniga tegishliligi bilan bog‘liq.
1-rasmda axborot tizimlari funksional alomatlarga ko‘ra va boshqarish pog‘onasiga taalluqliligi nuqtai-nazaridan tasniflash variantlaridan biri keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, boshqarish pog‘onasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu pog‘onaga mos mutaxassislarning axborot tizimi asosida ish yuritishlari ko‘lami shunchalik kam bo‘ladi. Biroq, boshqaruvchi (menejerlar) tomonidan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradigan axborot tizimining intellektual imkoniyatlari va murakkablik darajasiga bo‘lgan talablar oshib boradi. Boshqarishning ixtiyoriy bo‘g‘ini har bir funksional tizimlardagi turli kesimlardagi va turli sig‘imlarga ega bo‘lgan axborotlarga ehtiyoj sezadi.
|
| |