• Operativ bo‘g‘in axborot t izimlari
  • Operativ boshqaruv pog‘onasiga tegishli axborot tizimlari
  • -rasm. Boshqaruv darajalariga mos ravishda axborot tizimlari turlari




    Download 262,61 Kb.
    bet18/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    1-rasm. Boshqaruv darajalariga mos ravishda axborot tizimlari turlari.


    Rasmdagi piramida asosini operativ boshqaruv bo‘g‘iniga xos bajaruvchi (ijrochi) xodimlar (mutaxassislar, operatorlar, muhandislar) ma’lumotlarni operativ qayta ishlashga yo‘naltirilgan axborot tizimlari tashkil etishi ko‘rinib turibdi. Piramidaning eng yuqori qismida boshqaruvning yuqori pog‘onasida faoliyat ko‘rsatadigan menejerlar tomonidan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan axborot tizimlari roli strategik ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan.


      1. Operativ bo‘g‘in axborot t izimlari


    Operativ bo‘g‘in axborot tizimi ijrochi-mutaxassislarni ular faoliyatidagi bitimlar va hodisalar (hisoblar, buyurtmalar, maosh, kredit, xom-ashyo va materiallar oqimi) haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida qo‘llab-quvvatlaydi.
    Ushbu bo‘g‘in axborot tizimining vazifasi – firmadagi bitimlar oqimini kuzatish va joriy holat bo‘yicha so‘rovlarga javob olish. Bunday vazifani bajarish uchun axborot tizimi ochiq va qulay bo‘lishi bilan birga aniq va ishonchli axborotni yetkazib berishi kerak.
    Operativ bo‘g‘indagi masala, vazifalar va ularda foydalaniladigan axborot manbalari oldindan strukturalashtirilgan. Masalani yechish ishlab chiqilgan algoritm asosida yaratilgan dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Operativ bo‘g‘in axborot tizimi firma bilan tashqi muhitni bog‘lovchi zveno hisoblanadi. Agar tizim yomon ishlasa, tashkilot tashqi muhitdan axborot ololmaydi yoki kerakli axborotni yetkazib berolmaydi. Undan tashqari axborot tizimi tashkilotning boshqa turdagi axborot tizimlari uchun kerakli axborotni yetkazib beradi, chunki uning tarkibida operativ axborotlar, arxiv ma’lumotlari saqlanadi.
    Bunday axborot tizimini hisobga olmaslik qaytarib bo‘lmaydigan salbiy holatlarga olib keladi.

    Operativ boshqaruv pog‘onasiga tegishli axborot tizimlari:


      • buxgalteriya;

      • bank depozitlari;

      • buyurtmalarni qayta ishlash;

      • aviabiletlarni qayd qilish va realizatsiya qilish;

      • oylik maoshlarni hisoblash va boshqalar.


    Download 262,61 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




    Download 262,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Boshqaruv darajalariga mos ravishda axborot tizimlari turlari

    Download 262,61 Kb.