|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 19/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiMutaxassislar axborot tizimlari ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislar, loyihachilar, muhandislar mehnat unumdorligini oshirishda yordam beradilar. Ularning vazifasi qog‘ozli axborotlarni qayta ishlashni osonlashtirish va yangi ma’lumotlarni tashkilot bazasida integratsiyalashdan iboratdir.
Jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyoti, iqtisodiyotning o‘sishi kelajakda mana shunday axborot tizimlarining keng ko‘lamda joriy etilishiga bog‘liq. Bunday tizimlarda ikki guruhni alohida ajratib o‘tish o‘rinlidir:
ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari;
bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari.
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o‘zining soddaligi va keng qamrovligi tufayli ixtiyoriy tashkiliy bo‘g‘in xodimlari tomonidan faol ishlatiladilar. Ko‘pincha ulardan o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kichik mutaxassislar, buxgalterlar, kotibalar va hattoki yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar foydalanadilar. Asosiy maqsad – ma’lumotlarni qayta ishlash, ish yuritish samaradorligini oshirish va axborotlarni qayd qilish, ularni izlash, so‘rovlar bo‘yicha muayyan shakllar yoki jadval ko‘rinishidagi hisobotlarni tayyorlashni tezlashtirishdir.
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari axborot xizmati ko‘rsatish sohalari xodimlarini xaridorlar, buyurtmachilar, iste’molchilar bilan aloqani o‘rnatish imkonini yaratadi. Ularning faoliyati asosan hujjatlar yuritish, kommunikatsiyani boshqarish, reja-jadvallar ishlab chiqishni qamrab oladi. Bunday tizimlar quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
turli matn protsessorlari asosida kompyuterda matnlarni qayta ishlash;
yuqori sifatli bosma mahsulotlarni ishlab chiqish;
hujjatlarni arxivlash;
elektron kalendarlar va ish yuritishga doir ma’lumotlarni elektron yozuv daftarchasida saqlash;
elektron va audiopochta;
video- va telekonferensiyalar.
Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlar muhandislar, huquqshunoslar, olimlar uchun yangi mahsulot yaratishda foydalaniladigan zarur bilimlarni qamrab oladilar. Ularning vazifasi yangi axborot va yangi bilimlarni yaratishdir. Masalan, muhandislik va ilmiy
loyihalashning ixtisoslashtirilgan ishchi stansiyasi yuqori darajadagi sifat talablariga javob beradigan texnik ishlanmalarni yaratish uchun imkoniyat yaratadi.
|
| |