|
Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari
|
bet | 22/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi Axborot tizimlarini tasniflashning boshqa alomatlari
Axborot tizimi tushunchasi ko‘p qirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot texnologiyasi qo‘llanilayotgan obyektning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi. Axborot tizimini to‘liq va har tomonlama bilish uchun uning o‘ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda quyida axborot tizimini bir necha alomatlariga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin:
avtomatlashtirish darajasi;
boshqaruv jarayonining turlari bo‘yicha;
qo‘llanilish sohalari bo‘yicha;
faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha;
qo‘llanilish doirasi bo‘yicha;
boshqaruv tizimi darajasi bo‘yicha;
integratsiyalashuv darajasi bo‘yicha;
qo‘llanilish yo‘nalishi bo‘yicha;
sifat darajasi bo‘yicha va hokazo.
Axborot tizimining sinf belgilari ichida ularning qo‘llanish sohalari asosiy hisoblanadi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari o‘zaro farqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) o‘zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnologiyalarni
boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu spetsifikasidan kelib chiqib avtomatik bo‘la olmaydi. Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgartirib boriladi), ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlab topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi mumkin, bu tizimni boshlang‘ich axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar).
|
| |