|
Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra
|
bet | 23/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiBoshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra texnik (texnologik) jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari (TJABT) va tashkiliy (yoki ma’muriy) boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TBAT) o‘zaro farqlanadi. Dastlabkisi texnologik jarayonlarni keng ma’noda boshqarishga (raketa, stanok va hokazolarni boshqarish), ikkinchisi — ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatga ega obyektlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy farqi boshqarish obyektining mazmunida. Birinchi holda — bu turli xil mashina, asbob-uskuna, qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisida — eng avvalo odamlar, jamoa sanaladi. Boshqa bir farqi — axborot uzatish shaklida. Birinchi tizimlarda axborot uzatishning asosiy shakllari bo‘lib turli xil signallar (elektrik, optik, mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli — hujjatdir.
So‘nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalashgan boshqarish tizimiga qo‘shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‘shilishda tizimda aylanuvchi axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‘rtasidagi farqlar ma’lum darajada yo‘qoladi.
Qo‘llanish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot tizimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: mashinasozlik majmui, yoqilg‘i-energetika majmui, transport majmui, metallurgiya majmui, kimyo-o‘rmon majmui, transport majmui, metallurgiya majmui.
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: sog‘liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va aholi dam olishi, ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va aholi maishiy hayoti, savdo va umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi.
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ajratiladi: deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, tashqi iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muhofaza etish organlari va hokazolarga xizmat ko‘rsatish.
Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va hokazo.
Qo‘llanish doirasi bo‘yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash sohasi bilan aniqlanadi.
Texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirishda axborot texnologiyalarini qo‘llash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TJ ABT), moslashgan ishlab chiqarish tizimlari (MIT ABT), transport-omborxona tizimlari (TOT ABT)ning yaratilishiga olib keladi. Bunday tizimlarni yaratishdan maqsad — milliy iqtisod tarmoqlarini yuqori ishonchli mehnat vositalarini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, ularni avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga komplekslash, ishlab chiqarishga moslashuvchanlik, iqtisodiylik bag‘ishlashdir.
Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqot loyihalarida, konstruktorlik ishlarida, texnologik tayyorlashda qo‘llash ushbu sohalarning avtomatlashtirilgan tizimlari yaratilishiga olib keladi.
Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlarida fundamental tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiyalarning yangi avlodlarini yaratishda foydalaniladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt komponentlari (ekspert tizimlar, bilimlar bazasi, multimedia vositalari) va ishchi stansiyalari lokal tizimlari va tadqiqotchi hamda konstruktorlarning avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari (AIU) kiradi.
Axborot texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot loyihalash — konstruktorlash — ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy siklining barcha bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va texnologiyasini o‘tkazish sifati, foydalanish xarakteristikasi, texnologiyasi, yangi mahsulot ilmiyligi jihatini oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy ishlab chiqarishni qisqartirishdan iborat.
Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy tizimlarida obyekt sifatida iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy funksional jarayonlar xizmat qiladi. Axborot tizimlari boshqarish xizmatlari xodimlarining axborot xizmat ko‘rsatish tizimlari bo‘lib, axborotni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash bo‘yicha texnologik vazifalarni bajaradi. U konkret iqtisodiy obyekt uchun qabul qilingan metodlar va tuzilmaviy boshqaruv faoliyati tomonidan belgilangan reglamentda shakllanadi va ishlaydi, uning oldida turgan maqsad va vazifalarni bajaradi.
Tashkiliy-iqtisodiy tizimlar xalq xo‘jaligida qabul qilgan boshqarish organlari tuzilmasiga muvofiq kichik sinflarga bo‘linmasligi mumkin.
Tashkiliy-iqtisodiy tizimlarda barpo etilgan avtomatlashgan axborot vositalari axborotni qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun mo‘ljallangan axborot, iqtisodiy-matematik metodlar va modellar, texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi.
|
| |