|
Integratsiyalashuv darajasiga ko‘ra
|
bet | 26/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiIntegratsiyalashuv darajasiga ko‘ra barcha axborot tizimlarini beshta sinfga ajratish mumkin:
sinf — vazifali axborot tizimlaridan iborat bo‘lib, unda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar avtomatlashtiriladi. Odatda bunday tizimlar o‘zaro na ish, na axborot jihatidan bog‘liq bo‘ladi. Har bir vazifa uchun ma’lumotlar tashkil etiladi va yig‘iladi.
sinf — o‘zaro bog‘liq vazifalarni avtomatlashtirish bilan ajralib turadi. Ular ayrim tamoyillarga ko‘ra ajratilib kenja tizimlarda guruhlanadi. Kenja tizimlarning ish qobiliyatini ta’minlash uchun lokal ma’lumotlar bazasi yoki o‘zaro bog‘langan lokal fayllar tashkil etiladi.
sinf — yagona ma’lumotlar banki asosida kenja tizimlar o‘rtasida o‘zaro aloqani amalga oshirgan tizimlardan iborat. Ayni paytda kenja tizimlar yanada yirikroq konstruksiyaga (masalan, «hisobot», «tahlil», «boshqarish»,
«rejalashtirish» bloklari va hokazo) birlashadi. Birlashuv nomigagina amalga oshirilmagan. Tizim ichidagi integratsiyalashuv funksional va model darajasida amalga oshiriladi. Ayni paytda axborot maqsadi, modeli, mezon va cheklovlar, axborotni tashkil etash, axborot texnologiyasi har bir daraja, har bir blok doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
sinf — bloklarni yagona axborot banki va yagona axborot texnologiyasi bilan yagona tizimga qo‘shib yuborish orqali amalga oshiriladigan axborot tizimlaridir.
sinf — integrallashgan tizimlar. Ularga turli tip va maqsadli axborot tizimlari birlashib, ishlab chiqarish hamda boshqaruv kompleks tarzda avtomatlashtiriladi.
Sifat darajasiga ko‘ra axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Axborot-qidiruv tizimi (AQG). EHMda yoki undan tashqarida saqlanishi mumkin bo‘lgan hujjatlar, ikkinchi darajali hujjatlar (masalan, referatlar), hujjatlar nomi yoki manzillarning to‘liq matnini qidirishni amalga oshiradi. EHMda u yoki bu hollarda qidiruv obrazi nomini olgan va qisqacha mazmuni bayon qilingan hujjatlarning formallashgan bayoni saqlanadi. O‘ziga kerakli mavzudagi hujjatni topishni istagan axborot iste’molchilari tizimga so‘rov yuboradi. Qidiruv natijasiga ko‘ra, tasvirlangan hujjatlarning to‘liq matni yoki so‘ralgan xarajatlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri, yetishmasligi, ishonchlilik darajasi haqida ma’lumot beriladi.
|
| |