|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 28/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiEkspert tizimlari — ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita — bilimlar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma’lumotlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va obyektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, obyektlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, stereotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan obyektlar uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga yetishish uslublari va vositalari to‘g‘risidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassislar tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.
Тayanch so‘z va atamalar
Axborot; axborotga bo‘lgan ehtiyoj, axborotlashtirish; axborotlashgan jamiyat; axborot madaniyati; informatika; axborot resursi; axborot resurslarining
yoki axborot tizimlarining mulkdori; axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi; axborot texnologiyasi; axborot tizimi; elektron raqamli imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti
Tizim; obyektlar, xususiyat; aloqalar; tizim xususiyatlari; tizim tasnifi; axborot tizimlari; axborot tizimidagi jarayonlar; boshqarish tizimining pog‘onaliligi; axborot tizimining vazifalari; axborot tizimi; axborot ta’minoti, texnik ta’minot, matematik ta’minot, dasturiy ta’minot, huquqiy ta’minot, ergonomik ta’minot, lingvistik ta’minot, tashkiliy ta’minot, uslubiy ta’minoti
Nazorat uchun savollar:
«Axborot tizimlari» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari nimalardan iborat?
Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
axborotlashtirishning asosiy tushunchalari tarkibi nimalardan iborat?
Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni yechishda qaysi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi?
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda axborot tizimlari fanining roli?
Axborot tizimlarini joriy etilishi orqali qanday natijalarga erishish mumkin?
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy ustivor yo‘nalishlari nimalardan iborat?
Obyekt, xususiyat yu aloqalarning ta’rifini keltiring.
Qanday turdagi tizimlarni bilasiz ? Tashkilot deganda nimani tushunasiz?
Tashkilotning axborot tizimi nima uchun xizmat qiladi?
Boshqaruv tizimining pog‘onaliligini tushuntirib bering.
Axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?
Axborot tizimlari qanday maqsadlar uchun xizmat qiladi?
Axborot tizimining tuzilishini tushuntirib bering.
Axborot tizimining axborot ta’minoti nima?
9. Axborot tizimining texnik ta’minotini nimalar tashkil etadi? 10.Axborot tizimining lingvistik ta’minoti nimalarni o‘z ichiga oladi? 11.Axborot tizimining hayotiy sikli nimalarni o‘z ichiga oladi? 13.Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qanday tasniflanadi?
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra axborot tizimlari qaysi sinflarga ajraladi?
Qo‘llanilish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari qaysi sinflarga ajraladi?
Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha axborot tizimlari qaysi sinflarga ajraladi?
Integratsiyalashuv darajasiga ko‘ra axborot tizimlarini nechta sinfga ajratish mumkin?
Sifat darajasiga ko‘ra axborot tizimlarining qaysi sinflarini bilasiz?
Axborot-qidiruv tizimlari qanday vazifalarni bajaradi? 20.Axborot-ma’lumotnoma tizimining ta’rifini keltiring. 21.Ekspert tizimlari qanday masalalarni hal qiladi?
|
| |