|
Axborot texnologiyasi moddiy resurslarni qayta ishlash analogi sifatida
|
bet | 30/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi
Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini xuddi moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul qilish mumkin.
Axborot texnologiyasi — obyektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to‘g‘risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi — inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi esa — axborot ishlab chiqarish bo‘lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo‘l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Ma’lumki, bitta va faqat o‘sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan ham shunday bahoni bersa bo‘ladi.
Axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlardir.
Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash 1- jadvalda berilgan.
Axborot texnologiyasi avtomatlashgan va an’anaviy-(qog‘oz) ko‘rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog‘liq.
Avtomatlashtirish — bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti- harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
1 - jadval.
|
| |