• Matnlarni qayta ishlash axborot tizimi
  • Maslahat beruvchi axborot
  • Qarorlar qabul qilish tizimi
  • Axborot-ma’lumotnoma tizimi




    Download 262,61 Kb.
    bet27/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Axborot-ma’lumotnoma tizimi (AMT) ko‘p jihatdan foydalanuvchilar so‘roviga binoan iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi axborotni berish, yig‘ish va saqlashga mo‘ljallangan. Aytish mumkinki, axborot- ma’lumotnoma tizimi raqamli yoki matnli konkretlashtirilgan ma’lumotlar bilan ishlashga qaratilgan. So‘rovning turiga va shakliga ko‘ra natijani qanday taqdim etishni belgilaydi. So‘rov natijalari standart ma’lumotnoma shaklida berilishi mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga ko‘ra uning so‘rovini qayta ishlash davomida ixtiyoriy ko‘rinishda loyihalashtirilishi mumkin.

  • Matnlarni qayta ishlash axborot tizimi (MKDT) bevosita foydalanuvchiga matnlarni (xat, maqola, referat, buyruq va hokazo) tahrir qilish, saqlash va ko‘paytirishga mo‘ljallangan.

  • Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT) EHMdagi hisob- kitoblarning formallashgan algoritmlari bo‘yicha ma’lumotlarni hisoblashga mo‘ljallangan. Mazkur tizim ijodiy jarayonlarni emas, axborotlarni qayta ishlash jarayonlarini (hisob, hisobot, muhandislik-texnik hisob-kitoblari va hokazo) avtomatlashtirishga

    yo‘naltirilgan.

    1. Maslahat beruvchi axborot tizimi (MBAT) avtomatlashtirilgan rejimda EHMda ma’lum bir holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi qarorlarning ayrim variantlarini tuzib beradi. Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslahat beruvchi (kengashuvchi) axborot tizimi asosiga real haqiqatga, ya’ni obyektdagi yoki boshqaruv tizimidagi jarayonga o‘xshash turli xil matematik modellar joylashtiriladi.

    2. Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab chiqilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi dispetcher boshqaruvi tizimi) EHM qabul qilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.


    3. Download 262,61 Kb.
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




    Download 262,61 Kb.