• Boshqaruv tizimining pog‘onaliligi.
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 262,61 Kb.
    bet12/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo‘linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o‘zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.
    Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun
    boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.
    Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot protseduralarini (ma’lumot yig‘ish, ro‘yxatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va hokazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog‘liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan.
    Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar obyekti sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondashuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.
    Boshqaruv tizimining pog‘onaliligi. Odatda istalgan tashkilot bir necha obyektlardan iborat murakkab kompleks bo‘lib, ularning o‘zi ham boshqaruv jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. Shu bois ham kompleksning kelishilgan holda ishlashi uchun qo‘shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari
    kabi) harakatlarini muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini kompleksning umumiy maqsadlarini bajarishga yo‘naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi ko‘p darajali tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Bu ko‘plab boshqaruv tizimlari uchun xos xususiyat.
    Odatda obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o‘rta, quyi darajasi farqlanadi. Ulardan har biri o‘z funksiyalari to‘plami, kompetensiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga muhtoj bo‘ladi.
    Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, tashkilot vazifasi, boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari, ularni amalga oshirish strategiyasi belgilanadi. Boshqarishning o‘rtacha darajasi — texnik boshqaruv darajasi hisoblanadi.
    Bunda taktik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi, resurslar kuzatib boriladi va hokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor boshqaruv rejasi, ya’ni, hajm-taqvim (kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat va qayd etish amalga oshiriladi.
    Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyat turi) hal etiladigan masalaning murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo‘lsa, uni hal etish uchun shunchalik yuqori darajadagi boshqaruv talab etiladi. Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, tezkor hal etishni talab etuvchi oddiy masalalar nisbatan ko‘p yuzaga keladi. Demak, ular uchun tezkor qaror qabul qilinadigan, nisbatan quyi boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarni amalga oshirish dinamikasini ham hisobga olish zarur. Bu hol boshqaruvga vaqtinchalik omil nuqtai nazaridan qarash imkonini beradi.
    Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta qaytariluvchi vazifalar va operatsiyalarini hal etishni hamda keladigan joriy axborotlar o‘zgarishini tez qayd etishni ta’minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham yetarlicha yuqori. Uni ko‘pincha vaziyat o‘zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi.
    O‘rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotlarni oldindan tahpil etishni talab qiladigan masalalar yechimini ta’minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega bo‘ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo‘lmaydi. Buning uchun yetmagan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil etish va fikrlashga qo‘shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek qarorni amalga oshirish vaqtidan to unga bo‘lgan ta’sirni qayd etguncha bo‘lgan ayrim oraliq to‘xtalishlar bilan bog‘liq.
    Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo‘naltarilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni ta’minlaydi. Madomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o‘tgach ko‘rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to‘liq ishlab chiqilmagan. Ko‘pincha bosh-qaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning haqqoniyligi uzoq vaqt o‘tgachgana o‘z tasdig‘ini topishi mumkin. Qaror qabul qilish mas’uliyati juda katta. Bu matematik va maxsus apparatlardan foydalangan holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlarning kasbiy intuisiyasi bilan ham belgalanadi.
    Boshqaruvning har bir darajasidagi ma’lum bir mehnat taqsimoti boshqaruv qismining alohida elementlariga rejalashtirish, tashkillashtirish, hisobga olish va nazorat, bayon etish, tahlil va boshqaruv kabi alohida vazifalarni biriktirishga olib keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli darajasida amalga oshiriladi. Ularning ayrimlari hatto boshqaruvning biror bir darajasida ham amalga oshmasligi mumkin.
    Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi axborot tizimlarida tegishli kenja tizimlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
    Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish va nazoratning namoyon bo‘lishi tashkilotning tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish yoki nazorat kenja tizimlarini hosil qiladi. Ularning birinchisi biznes-reja ishlab chiqarish, marketing tadqiqotlari, rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi — nazoratning axborot ko‘magini ta’minlaydi.
    Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarmog‘i va boshqaruv qismi darajasiga ko‘ra, boshqaruv obyektidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborot ushbu boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib tushadi. Masalan, mashinasozlikda zavod direktori ishlab chiqarish, to‘g‘risida har kuni sex boshlig‘idan har smena haqida ma’lumot oladi, master esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. Qurilishda axborot olish chastotasi pastroq. Neft-kimyo tarmog‘idagi texnologik jarayonlarni boshqarish to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, u yerda axborot doimiy ravishda kelib tushadi.
    Shunday qilib milliy iqtisod tarmog‘ining turli boshqaruv darajasida boshqaruv jarayoni to‘g‘risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tomonidan maqsadga muvofiq ushbu jarayonni tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko‘ra yuzaga keladi yoki kelmaydi.
    Quyida to‘liq boshqarishning asosiy vazifalari sanab o‘tilgan:


    1. Download 262,61 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




    Download 262,61 Kb.