|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 39/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiTizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.
Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.
Bilimlar bazasini tasavvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham.
Ekspert tizimi qobig’i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:
erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi mumkin;
nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;
tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi.
Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirshi vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.
Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
|
| |