• Kompyuter
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 262,61 Kb.
    bet47/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    elektron ofis va qarorlar bo‘yicha ekspert madadi deb nom olgan AAT ham mazkur guruhga mansub.
    AATning ushbu ikkinchi guruhi mutaxassislar va rahbarlar ishini avtomatlashtirishga yangicha yondashishni integratsiyalash borasidagi oxirgi yutuqlardan foydalanishga mo‘ljallangan. Bu boshqaruv ishlarini to‘liq avtomatlashtirilishi kasb vazifalarini ma’lum bir ish joyida va ofisda sifatli hamda o‘z vaqtida bajarishga imkon beradi.
    Foydalaniladigan texnologiyalar bo‘yicha ta’minlovchi va funksional axborot texnologiyalari o‘zaro farqlanadi. Ta’minlovchi texnologiyalardan turli xil masalalarni hal etish uchun turli kredit sohasida vosita sifatida foydalansa bo‘ladi. Ular hal qilinadigan masalalar tarkibiga ko‘ra ham tasniflanishi mumkin. Odatda mazkur texnologiyalar turli kompyuterlar va dasturiy muhitlarida bajariladi. Asosiy vazifa — ushbu texnologiyalarni yagona axborot tizimiga birlashtirishdir.
    Funksional texnologiyalar — ayrim vazifalar, funksiyalarni avtomatlashtirishni ta’minlovchi texnologiyalar majmui sanaladi.
    Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar sinflari bo‘yicha AAT mohiyatan, dasturiy jihatdan ko‘rib chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: matnni qayta ishlash, elektron jadvallar, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki, grafik va ovozli axborotlarni qayta ishlash, multimedia va boshqa tizimlar.
    Kompyuter texnologiyalari rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi — bu yuqori sifatli ovoz va videotasvirlar uchun dasturiy vositalar yaratish sanaladi. Videotasvirlarni shakllantirish texnologiyasi kompyuter grafikasi deb nom olgan.
    Kompyuter grafikasi bu EHM yordamida obyektlar modellari va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir. Ushbu texnologiya iqtisodiy tahlil, turli xil konstruksiyalarni modellashtirish sohasiga kirib boradi. U reklama faoliyatiga ham kirib borgan. Raqamli protsessor yordamida shakllantiriladigan va qayta ishlanadigan tasvirlar namoyish
    qilinadigan va animatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi guruhga odatda, tijorat (tadbirkorlik va illyustratsiya grafikasi, ikkinchi guruhga — muhandislik va ilmiy grafika, shuningdek, yakka tasvirlar emas, film ko‘rinishida ketma-ket beriluvchi tasvirlardan iborat reklama, san’at va o‘yinlar grafikasi (interaktiv variant) ham kiradi. Kompyuter grafikasi texnologiyalari hozirgi kunda ommaviy ravishda qo‘llaniladigan yo‘nalishlardan biridir.
    Kompyuter bilan matnli, grafik, audio va video axborot almashuvini dasturiy-texnik tashkil etish multimedia-texnologiya deb nom olgan. Bunday texnologiyani multimedia yordamida ega bo‘lgan va kasb faoliyatida, o‘quv, ta’lim, ilmiy ommabop, o‘yin sohalarida foydalanish imkonini beruvchi maxsus dasturiy vositalar amalga oshiradi. Mazkur texnologiyani iqtisodiy faoliyatda qo‘llash davomida kompyuterdan tasvirga ovoz berish, shuningdek, ular orqali inson nutqini tushunish, kompyuter orqali mutaxassisning ona tilida suhbat yuritish borasidagi imkoniyatlarga yo‘l ochiladi.
    Foydalaniladigan interfeys turi bo‘yicha AATni foydalanuvchining axborot va hisoblash resurslariga kirib borish imkoniyati nuqtai nazardan ko‘rib chiqish mumkin.
    Shunday qilib, paketli AAT axborotni qayta ishlash avtomat tarzda amalga oshirilayotgan paytda foydalanuvchining unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yarata olmaydi. Bu shu bilan izohlanadiki, axborot qayta ishlashni tashkil etish operatsiyaning dasturiy jihatdan ketma-ketligi bajarilishiga bog‘liq. Dialogli AAT paketli AATdan farqli ravishda, tizimda saqlanadigan axborot resurslaridan ma’lum bir vaqt davomida foydalanish bo‘yicha cheksiz imkoniyatlar yaratib beradi. Ayni paytda tegishli masalalarni yechish va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotga ega bo‘ladi.



    Download 262,61 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




    Download 262,61 Kb.