• Telekommunikatsiya tizimlari
  • Lokal tarmoq
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 262,61 Kb.
    bet43/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Ma’lumotlar bazasi. Avtomatlashtirilgan ofisdagi ma’lumotlar bazalari tashkilotning ishlab chiqarish tizimi, shuningdek tashqi muhit haqidagi ma’lumotlarini jamlaydi.
    Ma’lumotlar bazalaridan axborot matnli protsessor, jadval protsessori, elektron pochta, kompyuter konferensiyasi kabi kompyuter ilovalarining kirishiga kelib tushadi. Har qanday avtomatlashtirilgan ofisning kompyuter ilovasi tashkilot xodimlarining bir-biri bilan aloqasini ta’minlaydi.
    Ma’lumotlar bazalaridan axborot olishda uzatish, nusxalash, saqlash uchun nokompyuter texnik vositalardan foydalanish mumkin.
    Ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar uchun integrallashtirilgan va ixtisoslashtirilgan dastur paketlari turli funksiyalarga «menyu» (imkoniyatlar ro‘yxatlari va tanlash parametrlari) orqali kirishni ta’minlaydi.
    Muassasa faoliyatida u yoki bu hujjatlarning shakllanishigina emas, tashkilot ichi ma’lumotlar oqimining taqsimlanishi ham katta ahamiyatga ega. Muassasa mehnatini avtomatlashtirish tizimining rivojlanishi elektron pochta, telekonferensiya, videoteka kabi turli elektron aloqa vositalarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
    Telekommunikatsiya tizimlari aloqa yo‘llari bilan tutashgan va odamlar guruhi ichida bir paytda axborot almashish uchun mo‘ljallangan texnik vositalarni namoyon etadi. Telekonferensiyalar ikki alohida turiga — kompyuterlashgan telekonferensiyalar va videokonferensiyalarga ajraladi. Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda bo‘lgan ishtirokchilarga bir-birini ko‘rish va eshitish imkonini beradiki, bu hol xuddi bir joyda mavjud bo‘lish tasavvurini uyg‘otadi. Aloqa uchun mo‘ljallangan umumiy telefon liniyalari yoki to‘laqonli televizion tasvirni ta’minlovchi koaksial, optik tolali liniyalardan foydalanilishi mumkin.
    Shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanish kompyuterlashgan telekonferensiyalarning o‘sishiga olib keladi.
    Lokal tarmoq hamkasblarning terminallariga, muassasalardagi ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasiga va markazlashgan xizmatlarga (asosiy kompyuterlar, axborot fayllarga) kirish imkonini beradi. Lokal tarmoq idora kommunikatsiyasini ta’minlaydi va katta axborot oqimlarini uzatishga qobil. Hujjatlar asosan elektron shaklda tarqatiladi va saqlanadi. Biroq, qog‘ozdagi hujjat axborotni namoyon etishning eng ommaviy shakli bo‘lib qolmoqda, shu elektron hujjatlar oxirgi foydalanuvchiga yetib borguncha qog‘oz shakliga kiradi.
    Zamonaviy, ma’lum ma’noda, ideal idora boshqaruvi mutaxassislar va idoraning boshqa xodimlari mehnatini kompleks avtomatlashtirishni ta’minlashlari lozim.
    Rahbarlar va mutaxassislarning zarur axborotni olish uchun kompyuter va boshqa asbob-uskunalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda idora ishini avtomatlashtirish ancha samarali natijalar bermoqda.

    Download 262,61 Kb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




    Download 262,61 Kb.