|
Avtomatlashgan loyihalash tizimi
|
bet | 45/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiAvtomatlashgan loyihalash tizimi. Bundan 60 yil muqaddam paydo bo‘lgan avtomatlashgan loyihalash tizimi (ALT) o‘z mazmunini o‘zgartirib, uzluksiz tadrijiy rivojlandi. Dastlab u tugal avtomatlar metodining strukturali tahlili bilan bog‘landi. Keyinchalik asosiy e’tibor avtomatlashgan loyihalashga qaratildi.
Loyiha-konstruktorlik ishining asosiy turlari quyidagicha: bevosita loyihalash, chizib-yozish, eksperimentlash, tuzatishlar kiritish va hokazo. Bunda ishlab chiqishga ketadigan vaqtning yarmini hujjatlarni tayyorlash, sxema, chizmalarni chizish va tayyorlash, ularni tahrir etish va to‘g‘rilashga ketadi.
Loyihalash jarayonida juda ulkan grafik axborotni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Uni yaratish va qayta ishlash ikki tarkibiy qism: bir tomondan sistemali va mantiqiy loyihalash va ikkinchi tomondan konstruktorlik loyihalashi hamda chizmachilikdan tashkil topadi. Bu ikkala bosqich juda mayda ishlarni o‘z ichiga oladiki, ular avtomatlashtirilishi mumkin. Ayniqsa, ikkinchi bosqichda mayda ishlar hajmi ancha ko‘p.
ALT yuqori malakali katta mehnatni talab etuvchi murakkab dasturiy- texnik komplekslarni o‘zida namoyon etadi. Ko‘pgina sanoat ALTlarining qiymati millionlab dollar turishi bejiz emas. Hatto shaxsiy kompyuterdan foydalanilgan holda shaxsiy hisoblashga yo‘naltirilgan ALT ham ancha qimmat turadi. Masalan, ALTning Avto Disk firmasi ishlab chiqqan Avto CAD paketi narxi 4000 dollar turadi.
Belgilangan maqsadlar va cheklanishlarni qondiruvchi yangi mahsulot yaratish vazifasi qo‘yilgan har bir joyda shundan foydalanish mumkin. Hozirgi paytda ALT mashinasozlik va radioelektronika kabi sohalarda eng ko‘p tarqalgan.
Hozirgi paytda avtomatlashgan loyihalash tizimlari turli sohalardagi loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun keng iste’molchilar ommasiga mo‘ljallab ishlab chiqilmoqda. ALT paketlarining rivojlanishi tufayli yarim ekranli menyu asosidagi interfeys, ikki va uch o‘lchovli grafikdan foydalanilmoqda, sintezlashgan obyektlarni modellash va testlash vositalari bilan ta’minlangan.
ALTning o‘ziga xos tomoni — bu turdagi tizimlar komponentlari tarkibiga maxsus talablardir. ALT loyihalash bo‘yicha mutaxassislar foydalanishi uchun belgilangan ekan, ular loyihachining EHM bilan muloqotida maxsus rivojlangan vositalarga ega bo‘lishi lozim.
ALTni qo‘llashning eng ko‘p tarqalgan sohalari quyidagilardir:
loyihalash jarayonida ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish;
mahsulotlarni sintez qilish vazifalari;
shakllarni loyihalash, jamlash, belgilash;
foydalanishda obyektlarni modellash;
muhandislik-texnik va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
loyihali hujjatlarni tayyorlab chiqarish;
smetalar hisob-kitobini avtomatlashtirish;
texnologik hujjatlarni (marshrutlar, xaritalar, qayta ishlash rejimlari) tayyorlab chiqarish;
raqamli dasturiy boshqaruv (ALT)ga ega stanoklar uchun dasturlarni shakllantirish.
Bugungi loyihalash amaliy dasturlar paketlari (ADP) juda samaralidir, chunki ular konkret loyiha talablariga muvofiq turli komponentlarni o‘rnatish, boshqa joyga ko‘chirish va qayta taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ular loyiha ishlab chiquvchiga keng ko‘lamda harakatlar erkinligini beradi va optimal variantni olish vaqtini ancha qisqartiradi. Masalan, Math Soft firmasining Math CAD paketi interaktiv rejimda displey ekranida qulay vazifalarni amalga oshirish, tahrir qilish va aks ettirish, shuningdek tahliliy yoki grafik shaklda berilgan tenglamalarni yechishga imkon yaratadi. Yaratilgan grafiklarga istalgan tushuntiruvchi matn kiritilishi mumkin, grafiklarning o‘zi esa ma’lumotlar bazasida saqlanadi va istalgan matnli hujjatda keyinchalik ham mavjud bo‘ladi. Math CAD tizimi trigonometrik funksiyalarga ega bo‘lib, masalan, Cu halqaro tizimidan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari qurilgan sintaktik analizatori kiritilayotgan formulalarning sintaktik jihatdan to‘g‘riligini tekshiradi.
|
| |