Informatsion texnologiyalar




Download 262,61 Kb.
bet53/78
Sana13.12.2023
Hajmi262,61 Kb.
#117946
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi

Axborot xavfsizligi deb ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Axborot xavfsizligi deb axborot tizimida tasodifiy yoki g‘arazli ravishda axborot egasiga yoki uning foydalanuvchisiga ziyon yetkazuvchi xurujlardan himoyalanganlikka aytiladi. Axborotga yoki uning infrastrukturasiga nisbatan amalga oshiriladigan xurujlar tabiiy yoki sun’iy ravishda bo‘lib, ular axborot orqali munosabatda bo‘lgan subyektlarga juda katta zarar yetkazishi mumkin.
Axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning majmui
axborot muhofazasi deyiladi.
Axborot xavfsizligi muammolariga to‘g‘ri yondoshish uchun dastlab axborot tizimlaridan foydalanuvchi axborot munosabatlari subyektlari va ularning manfaatlarini aniqlab olish kerak.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:

  • maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq cheklab qo‘yilib, hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;

  • konfidensiallik ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;

    • yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;

    • autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;


    • Download 262,61 Kb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Download 262,61 Kb.