|
Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi axborot texnologiyalari
|
bet | 49/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi
Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va ularga muvofiq axborot texnologiyalari asosan amerikalik olimlarning sa’y-harakati bilan 70- yillar oxiri - 80-yillar boshida yuzaga keldi, bunga ShKlar, amaliy dasturlarning standart paketlari keng tarqalganligi, shuningdek sun’iy intellektual tizimlarini yaratishdagi muvaffaqiyatlar imkon yaratdi.
Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning axborot texnologiyalariniig asosiy xususiyatlari inson va kompyuter o‘zaro aloqasini tashkil etishning sifat jihatidan yaxshi uslubidir. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi bo‘lgan qarorlar ishlab chiqish integratsion jarayon natijasida ro‘y beradi va unda quyidagilar ishtirok etadilar:
hisoblash bo‘g‘ini va boshqaruv obyekti rolida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi;
kompyuterda kirish ma’lumotlari topshirig‘ini beruvchi va olingan hisoblash natijalarini baholovchi boshqaruv bo‘g‘ini sifatidagi inson.
Integratsion jarayon yakuni inson ixtiyoriga ko‘ra ro‘y beradi. Bu holda axborot tizimining foydalanuvchi bilan birgalikda qarorlar qabul qilish uchun yangi axborotni yaratishga qobilligi haqida gapirish mumkin. Uning bu xususiyatiga qo‘shimcha qilib bir qator ajralib turuvchi jihatlarini ko‘rsatish mumkin:
yaxshi formallashmagan vazifalarni hal etishga yo‘nalish olish;
kompyuter ma’lumotlariga kirish va uni qayta ishlash an’anaviy uslublariniig matematik modellari va ular asosida vazifalarini hal etish uslublari imkoniyatlari bilan uyg‘ynlikda olib borish;
kompyuterdan malakasiz foydalanuvchiga e’tiborni ko‘proq qaratish;
mavjud texnik va dasturiy ta’minot, shuningdek foydalanuvchi talablari
o‘ziga xosliklariga moslashish imkoniyatlarini beruvchi yuqori moslashuv.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning axborot texnologiyasi boshqarishning istalgan darajasida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari boshqarishning turli darajalarida qabul qilinuvchi qarorlar tez-tez muvofiqlashtirilib turilishi lozim. Shu bois tizim va texnologiyalarning muhim funksiyasi boshqarishning turli darajalarida ham, alohida bir darajada ham qarorlar qabul qiluvchi shaxslarni muvofiqlashtirishdir. Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi tuzilmasi, shuningdek asosiy texnologik operatsiyalarni belgilovchi uning bloklarini tashkil etuvchi funksiyalarini ko‘rib chiqamiz.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-qyvvatlash tizimi tarkibiga uch asosiy qism: ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizim osti dasturi kiradi, so‘nggisi ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi (MBBT), modellar bazasining boshqarish tizimi (ModBBT), foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat.
|
| |