Tarmoqli va integrallashgan axborot texnologiyalari




Download 262,61 Kb.
bet48/78
Sana13.12.2023
Hajmi262,61 Kb.
#117946
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi

Tarmoqli va integrallashgan axborot texnologiyalari


Tarmoqli AAT interfeysi aloqa vositalari rivojlangani bois foydalanuvchiga hududiy taqsimlangan axborot va hisoblash resurslaridan
televosita orqali foydalanish imkonini beradi. Bu esa uni ko‘p funksiyali bo‘lishiga va foydalanuvchilar o‘rtasida keng tarqalishga sabab bo‘ladi.
Integrallashgan axborot texnologiyalari. Hozirda turli xildagi axborot texnologiyalarini yagona kompyuter texnologiya kompleksiga birlashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda u integrallashgan AT deb yuritiladi.
Unda asosiy o‘rinni egallovchi kommunikatsiya vositalari boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda keng texnologik imkoniyatlarini ta’minlabgina qolmay, balki lokal, ko‘p darajali, taqsimlangan, global hisoblash tarmoqlari, elektron pochta, integral xizmatning raqamli tarmoqlari kabi turli AAT tarmoq variantlarini yaratish asosi ham hisoblanadi. Bular bari obyektlarning ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash, to‘plash va saqlash, himoya qilish qurilmalari orqali hosil qilinadigan obyektlar majmuasining o‘zaro mantiqsiz, kutilmagan aloqalariga mo‘ljallangan. Ushbu AATning tarmoq variantlari juda murakkab ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan, ekspluatatsiya imkoniyatlari deyarli cheklanmagan, integrallashmagan kompyuter tizimlarini namoyon etadi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida ushbu muammoni ma’lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan tizimi hal etadi. Bunda u ma’lumotlar bazalarining turli darajalari o‘rtasida axborot almashinuvi uchun mo‘ljallangan aloqa kanallaridan foydalanadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarishning dasturiy vositalari murakkablashuvi hisobiga iqtisodiy hisob- kitob va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish chog‘ida tezlik oshadi, axborotni muhofaza qilish va uning haqqoniyligi ta’minlanadi. Tashkiliy boshqaruvning ko‘p darajali taqsimlangan kompyuter-axborot tizimlarida axborot bilan tezkor ishlash muammosini ham, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish paytidagi iqtisodiy ahvolni tahlil qilish muammosini ham bir xilda muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Xususan, mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish o‘rni (AIO‘) foydalanuvchilarga ko‘pgina imkoniyatlar beradi. Masalan, dialog holatida ishlash, joriy masalalarni tezda hal etish, ma’lumotlarni terminaldan qulay holatda kiritish, ularning vizual nazoratini olib
borish, qayta ishlash uchun kerakli axborotni chaqirish, xulosa axborotining haqqoniyligini aniqlash va uni ekranga, yozadigan qurilmaga chiqarish yoki aloqa kanallariga uzatish — shular jumlasidandir.

Download 262,61 Kb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Download 262,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqli va integrallashgan axborot texnologiyalari

Download 262,61 Kb.