• Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari.
  • Ma’lumotlarni qayta ishlash axborotlar texnologiyasining




    Download 262,61 Kb.
    bet44/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Ma’lumotlarni qayta ishlash axborotlar texnologiyasining komponentlariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlarni qayta ishlash; hisobotlarni yaratish.
    1. Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalari


    Ilmiy tadqiqotlar va loyiha-konstruktorlik ishlarining samaradorligi ko‘p jihatdan avtomatlashtirishning umumiy darajasi bilan bog‘liq. Bu ikki yo‘nalishdagi avtomatlashtirilgan hal qiluvchi rol yangi axborot texnologiyalariga tegishlidir. Ilmiy faoliyatda asbob-uskunalar dastlabki o‘rinlardan birini ishg‘ol etadi. Shu bois ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish uchun ularni avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu hol eksperimentni nafaqat avtomatlashtirishga, balki o‘rganilayotgan obyektlar, hodisa va jarayonlarni modellashtirishni amalga oshirishga ham imkon beradiki, ularni an’anaviy vositalar bilan o‘rganish juda qiyin yoki imkoni yo‘q. Bu
    vazifani hal etishga ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashgan tizimlari (ITAT) xizmat qiladi.
    Loyihalashtiruvchi muhandislar ham o‘z asbob-uskunalariga ega. Biroq bu klassik vositalar eskirgan. Texnik vositalarni ishlab chiqishda quyidagi muhim tendensiyalar aniq ko‘zga tashlanadi: ishlab chiqilayotgan mahsulotlar soni har o‘n besh yilda ikki barobar ko‘paymoqda, mahsulotlar murakkabligi esa har o‘n yilda va yangi namunalarni yaratishda tahlil qilinadigan ilmiy-texnik axborot hajmi har sakkiz yilda ikki barobarga oshmoqda. Ayni paytda loyihalashda so‘nggi paytlargacha loyihachilar sonining ekstensiv o‘sish tendensiyasi ustuvorlik qilmoqda. Chunki mehnat samaradorligi juda sekin oshayapti. Shuni aytish kifoyaki, sanoat ishlab chiqarish sohasida samaradorlik 1900 yildan buyon o‘rtacha 1000% ga, loyihalashda esa bor-yo‘g‘i 20% ga oshgan. Yangi axborot texnologiyalarini barcha joylarda foydalanish bu salbiy tendensiyani avtomatik loyihalash tizimini (ALT) yaratash yo‘li bilan yengib o‘tishga imkon beradi.
    Avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari. ITATda axborot texnologiyalari quyidagi vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishi mumkin:

        • jarayonlarni boshqarish va asl, tabiiy (natural) eksperimentlarni o‘tkazish natijalarini qayta ishlash;

        • murakkab jarayonlarni modellash;

        • ekspertiza o‘tkazish va uni qayta ishlash;

        • hisobot va hujjatlarni idora kichik tizimida qurilgan komponentlar sifatida tayyorlash;

        • eksperimental ma’lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash;

        • axborot-izlash, bibliografik va ekspert tizimlarini barpo etishda texnik vosita sifatida chiqish.

    Ko‘rsatilgan komponetlar nisbati konkret ilovalarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
    Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirishda axborot texnologiyalarini qo‘llash samaradorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, eksperimentni tayyorlash va o‘tkazishni tezlashtirish, real vaqt miqyosida o‘tkaziladigan ekspress-tahlil natijalaridan tezkor foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tizimlashtirish vaqtini qisqartirish, o‘lchash va qayta ishlashda xatolar sonini kamaytirish hisobiga tadqiqotlar (eksperimentlar o‘tkazish) sikli qisqaradi. Ikkinchidan, natijalar aniqligi va ularning ishonchligi oshadi, chunki ITATda oraliq natijalarni hisoblashda yaxlitlashda yig‘iladigan xatolar ta’sirini kamaytiruvchi metodlardan foydalanish mumkin. Uchinchidan, nazorat qilinadigan parametrlar (kompyutersiz tadqiqotlar bilan qiyoslaganda) sonini oshirish va ma’lumotlarni yaxshilab qayta ishlash hisobiga eksperimentning sifati va axborotga boyligi oshadi. To‘rtinchidan, ITAT bilan interaktiv o‘zaro ta’sir davomida eksperiment jarayonini nazorat qilish va uni optimallash imkoniyati kuchayadi. Beshinchidan, eksperiment ishtirokchilari shtati qisqaradi, tadqiqot samaradorligi oshadi. Nihoyat, shu narsa muhimki, eksperiment natijalari strukturalashadi va eng qulay shakl-grafik yoki ramziy shaklga tezkor ravishda kiradi. Masalan, ma’lumotlarning uzundan-uzoq jadvallarini ko‘rib chiqish o‘rniga, ularni grafik obyektlar ko‘rinishida ixcham shakllantirish mumkin. Jumladan, ikki argument bog‘liqligini «tog‘ massivlari» ko‘rinishidagi 3 o‘lchovli grafika vositasida tasvirlash juda qulay, ularga ko‘plab o‘lchamlarni joylash mumkinki, buni odatdagi jadval shaklida berib bo‘lmaydi.
    Shunday qilib grafik shaklda axborot almashinuvi murakkab tuzilmali obyektlarni tasavvur etish uchun mutlaqo samarali vositadir. Axborotni grafik shaklda taqdim etish samarasi yuqori bo‘ladi. Bu hol inson psixologik xususiyatlari bilan izohlanadi. Ya’ni, grafik axborotni ko‘rish analizatori orqali qayta ishlash tezligi matn ma’lumotlarini qayta ishlash tezligidan o‘nlab, hatto yuzlab marta yuqori.
    Yuqori sifatli grafik tasvirlarni olish uchun yuqori texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan qurilmalar zarur. Bu talab birinchi navbatda xotiraning samaradorligi va sig‘imiga tegishli.
    Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirishda yuzaga keladigan murakkab muammolardan biri ko‘p o‘lchovli ma’lumotlarni chiqarish muammosidir.
    Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning yana bir yo‘nalishi tadqiqotchilarning amaliy faoliyatida uchrovchi modellash vazifalarini hal etish. Bu o‘rinda tadqiqot faoliyatida an’anaviy ravishda foydalanuvchi biror bir jarayon yoki hodisani nafaqat modellash, balki vizual — tabiiy modellashga ham yo‘l qo‘yiladi, u mazkur jarayonlar va hodisalarni mashina grafikasi vositasida (odatdagi jadval ma’lumot va grafiklar emas) virtual tasvirlash hisobiga ta’minlanadi, ya’ni tadqiqotchiga real vaqt miqyosida olingan o‘ziga xos «kompyuter multfilmi» namoyish etiladi. Modellashning ko‘rgazmaliligi bu holatda ancha yuqori bo‘ladi,
    ITATni yaratishda ikki yo‘nalish kuzatiladi. Ulardan biri tor doiradagi vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan tizimlarni (ishchi stansiyalarni) ishlab chiqish bilan bog‘liq. Juda ommaviyligi bilan farqlanuvchi ikkinchi yo‘nalish keng vazifali universal paketlarni ishlab chiqishga aloqador. Bunda ikki yo‘nalish oralig‘ida muayyan qonuniyat mavjud. Shaxsiy kompyuter takomillasha borgani sari ko‘pgina ixtisoslashgan funksiyalar ommaviy xususiyat kasb etadi.

    Download 262,61 Kb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




    Download 262,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni qayta ishlash axborotlar texnologiyasining

    Download 262,61 Kb.