|
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi turlari
|
bet | 46/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi turlari.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini (AAT) bir qator belgilarga, xususan, axborot tizimini avtomatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati, AATning boshqaruv vazifalarini qamrash darajasi, texnologik operatsiyalar
sinfi, foydalanuvchining interfeys turi, EHM tarmog‘idan foydalanish variantlari va hokazo xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiyalash mumkin.
AATni amalga oshirish usuliga ko‘ra, avtomatlashtirilgan axborot tizimida an’anaviy ravishda yuzaga kelgan yangi axborot texnologiyalari ham ajratib ko‘rsatiladi. Agar an’anaviy AAT birinchi galda ma’lumotlarni markazlashgan holda qayta ishlash sharoitiga mo‘ljallangan bo‘lsa, ShKdan ommaviy foydalanishga o‘tish esa mashaqqatli ish hajmini yengillashtirishga mo‘ljallangan. Amalga oshirish usuliga ko‘ra AAT lar On-Line rejimida ishlovchi va Off-Line rejimida ishlovchi turlarga ajraladi. On-Line rejimida ishlovchi AAT larda ma’lumotlar shakllanishi zahotiyoq (real vaqt oralig‘ida) tizimga kiritilishi, qayta ishlanishi va hisobotlari tegishli bo‘g‘inlarga uzatilishi amalga oshiriladi. Off-Line rejimida ishlovchi AATlarda ma’lumotlar shakllanib bo‘lgan vaqtdan ancha keyin ham (1 kundan, 1 haftadan keyin ham) tizimga kiritilishi, qayta ishlanishi mumkin.
Qamrov darajasi bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari Qamrov darajasi bo‘yicha AATning vazifalari ma’lumotlarni elektron
usulda qayta ishlashni o‘z ichiga oladi.
Bunda EHMdan foydalangan holda ayrim iqtisodiy masalalar hal etilib, ma’lumotlar qayta ishlanadi va boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirish olib boriladi.
Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun axborot — ma’lumotnoma rejimida ishlarni va doimiy hisobotni shakllantirish, xizmat vazifalarini kompleks ravishda hal etish uchun hisoblash vositalaridan (jumladan super EHM va ShK) foydalaniladi. Ushbu guruhga qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha AATni ham kiritish mumkin. U tahliliy ishlar va bashoratlarni shakllantirish, biznes-rejani tuzish, o‘rganilayotgan jarayonlar, ishlab chiqarish-xo‘jalik amaliyoti voqealari bo‘yicha asoslangan baho va xulosalar chiqarish uchun iqtisodiy-matematik modellardan keng foydalanishni nazarda tutadi. Hozirda keng tadbiq etilayottan
|
| |