Informatsion texnologiyalar




Download 262,61 Kb.
bet54/78
Sana13.12.2023
Hajmi262,61 Kb.
#117946
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi

apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.

Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
ishonchlilik — tizim me’yoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati;

  • aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;

  • tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruhlari axborot manbalariga har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishi kafolati;

  • nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xohlagan qismini to‘liq tekshirish mumkinligi kafolati;

  • identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zini kim deb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;

  • qasddan buzilishlarga to‘sqinlik oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan holda o‘zini tutishi.

Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;

  • shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf-xatarning oldini olish;

  • axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to‘siqlash bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;

  • hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning ko‘rinishlarining oldini olish;

  • axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;

  • davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash;

  • axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash.

Download 262,61 Kb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   78




Download 262,61 Kb.