|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 51/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiKompyuter tarmoqlarida himoyani ta’minlash usullari.
Kirish
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog‘i samarali va mo‘tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Тurli xildagi axborotlar hududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda.
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi ustuvor masalalariga aylanmoqda.
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulkiy huquqlarini himoyalash — bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir.
Axborot xavfsizligiga oid qabul qilingan huquqiy va me’yoriy hujjatlar
|
| |