|
O‘‘zbekiston Respublikasining asosiy Qonuni 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyadir
|
bet | 52/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi O‘‘zbekiston Respublikasining asosiy Qonuni 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyadir.
Konstitutsiyaning 29-moddasida quyidagilar keltirilgan:
«Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.»
O‘zbekiston Respublikasida 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan N 400-I sonli «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida» gi Qonunning 3- moddasida har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanishi, har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinishi yozilgan.
2003 yil 11 dekabrda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan №560-II sonli «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasida axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish.
Qonunning 6-moddasida Maxsus vakolatli organ vazifalari belgilab qo‘yilgan:
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko‘maklashadi;
axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi;
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning «Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish» nomli 19-moddasida axborot resurslari va tizimlarini muhofaza qilishning asosiy maqsadlari bayon etilgan:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;
axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning «Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish» nomli 20-moddasida axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish masalalari yoritilgan:
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Respublikamizda 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi Qonunida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar yoritilgan. Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini
mualliflik huquqi obyektlari sirasiga kiritadi. Qonunda vazifasi va afzalliklaridan qat’iy nazar, obyektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo‘lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dasturlar va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 29 avgust 1996 yilda qabul qilingan 257 sonli qaroriga binoan 1997 yil 1 martdan boshlab joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining «Хizmat va tijorat siri» nomli 98-moddasida quyidagilar bayon etilgan:
Fuqarolik qonun hujjatlari xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotni, basharti bu axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonun yo‘li bilan undan erkin bahramand bo‘lish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya etadi.
Axborotning maxfiyligini ta’minlash borasida davlat manfaatlari 1993 yil 7 mayda qabul qilingan № 848-XII sonli «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi Qonunda to‘liq o‘z aksini topgan Unda O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari, deb davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar hisoblanishi ta’kidlangan. Shuningdek mazkur qonunda «Davlat sirlarini saqlashning huquqiy asosi», «Davlat sirlarining kategoriyalari», «Axborotlarni davlat sirlariga mansub deb topish», «Davlat sirlarini saqlash tizimi», «Axborotlarni maxfiylashtirish muddatlari», «Davlat sirlarini saqlash borasidagi burch, ularni oshkor etganlik yoki qonunga xilof ravishda maxfiylashtirganlik uchun javobgarlik» nomli moddalar alohida yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga
muvofiq ravishda yuridik va jismoniy shaxslarning informatsion- kommunikatsion texnologiyalari va Internet tarmog‘idan foydalanishlarida
xavfsizlikni ta’minlash, kompyuter xavfsizligi tahdidlarining oldini olish va bartaraf etishni yanada takomillashtirish maqsadida 2005 yil 5 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-167-sonli Qaroriga ko‘ra kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida kompyuter bilan bog‘liq mojarolariga munosabat bildirish xizmati tashkil etiladi. Ushbu xizmatning asosiy vazifalari:
respublikada kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonunbuzarliklarning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish;
kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotlardan foydalanuvchilarni kompyuter xavfsizligi, tahdidlar to‘g‘risida axborotni, shuningdek kompyuter bilan bog‘liq mojarolar, kompyuter tizimlarida qo‘llaniladigan dasturiy- texnikaviy vositalarning samaradorligiga doir materiallarni to‘plash, tahlil qilish va tegishli ma’lumot bazalarida jamg‘arib borish;
kompyuter xavfsizligi borasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish va joriy etish, axborot tizimlariga noqonuniy ravishda kirish hollarining oldini olishni ta’minlash uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
kompyuter sohasidagi jinoyatlar va axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlash masalalarida hamkorlik qilish.
Bugungi kunda kompyuter bilan bog‘liq mojarolarga munosabat bildirish xizmati tashkil etilgan. Хizmat yuzasidan foydalanuvchilarga yordam berish maqsadida www.cert.uz sayti faoliyat ko‘rsatmoqda.
2007 yil 27 sentabrda Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan
«Axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida qonunga hilof harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi hamda 2007 yil 30 dekabrda Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullandi.
Ushbu Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, Jinoyat Kodeksining
«Axborotlashtirish qoidalarini buzish» nomli 174-moddasi chiqarib tashlandi va uning o‘rniga «Axborot texnologiyasi sohasidagi jinoyatlar» nomli 6 moddadan iborat yangi bob kiritildi. Bu bobda quyidagi moddalar nazarda tutilgan:
«Axborotlashtirish qoidalarini buzish» nomli 278/ 1-modda;
«Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish» nomli 278/ 2-modda;
«Kompyuter tizimidan qonunga hilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadida ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish» nomli 278/ 3-modda;
«Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish» nomli 278/ 4-modda;
«Kompyuter sabotaji» nomli 278/ 5-modda;
«Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish» nomli 278/ 6-modda.
Axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari
|
| |