• Axborotning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar
  • Axborotning yaxlitligini buzishga qaratilgan tahdidlar




    Download 262,61 Kb.
    bet57/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Axborotning yaxlitligini buzishga qaratilgan tahdidlar


    Axborotga bo‘ladigan tahdidlarning keng tarqalganlari orasida tasodifiy xatoliklar va zaifliklardan kelib chiqadigan tahdidlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda o‘g‘irlik va qalloblik asosida bo‘ladigan tahdidlar turadi. Ko‘pgina hollarda kompaniyaning o‘z xodimlari tomonidan bunday harakatlar amalga oshirilgan. Demak, ichki tahdid naqadar xavfli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
    Axborotning statik yaxlitligini buzish maqsadida buzg‘unchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi mumkin :

    • Noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritishi;

    • Ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritishi.

    Ba’zida bunday harakatlar natijasida ma’lumotlarning ma’nosi tubdan o‘zgartirilsa, ba’zida rasmiy hujjat ko‘rinishidagi ma’lumotlar ataylab bo‘rttirilgan yoki buzilgan holda kiritilib, saqlanadi.
    Faqatgina ma’lumotlar yaxlitligini emas, balki dasturlarning ham yaxlitligini buzishga qaratilgan tahdidlar ham bo‘lishi mumkin.
    Dinamik yaxlitlikni buzishga qaratilgan tahdidlar natijasida elektron tijoratdagi oldi-sotdi bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar buzilishi, qayta tartiblanishi, o‘g‘irlanishi va nusxasi ko‘paytirilishi, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi holatlari vujudga kelishi mumkin. Bunda buzg‘unchilar tarmoq miqyosida tarmoq paketlari jo‘natilishini kuzatib, josuslarga xos harakat qiladilar.

    Axborotning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar


    Maxfiy axborotlarni ma’lum sohaga oid va xizmat doirasiga oid turlarga ajratish mumkin. Хizmat doirasiga oid (masalan, foydalanuvchilar paroli) axborot muayyan sohaga tegishli bo‘lmagan ma’lumot bo‘lib, axborot tizimida texnik rol o‘ynaydi, biroq bunday ma’lumotni oshkor qilish juda ham katta xavf tug‘diradi. Sababi, undan foydalanib tizimdagi ma’lumotlarga murojaat qilish va sohaga oid bo‘lgan maxfiy axborotlarga ham ega bo‘lish imkoni yaratiladi.
    Kompyuter xotirasida saqlanayotgan axborot faqat kompyuter sohasiga tegishli bo‘lsa ham, uning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar xususiyati umuman boshqacha bo‘lishi mumkin.

    Download 262,61 Kb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




    Download 262,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotning yaxlitligini buzishga qaratilgan tahdidlar

    Download 262,61 Kb.