• Viruslar
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 262,61 Kb.
    bet58/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Boshqa tahdidlar


    Хavfli hujum uyushtirishning yana bir usullaridan biri dasturiy tizimga ziyon yetkazuvchi dasturlarning o‘rnatilishidir.
    Ziyon yetkazuvchi dasturlar quyidagi jihatlari bilan ajralib turadilar :

    • Buzish funksiyasi bilan;

    • Тarqalish usuli bilan;

    • Тashqi ko‘rinishi bilan.

    Ziyon yetkazuvchi dasturda buzish funksiyasini bajaruvchi qism "bomba" deb ataladi (albatta, "zaryad" yoki "boyegolovka" deb ham nomlash mumkin edi). Umuman olganda buzish funksiyalari cheklanmagan, chunki "bomba" boshqa dasturlar kabi mantiqan murakkab buyruqlar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin :

    • Boshqa ziyon yetkazuvchi dasturni tizimga joriy etish;

    • Hujum qilinayotgan tizim ustidan to‘liq nazorat qilishni o‘z zimmasiga olish ;

    • Resurslardan agressiv tarzda foydalanish ;

    • Ishlab turgan dasturlarni yoki qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni buzish. Тarqalish usuli bo‘yicha ziyon yetkazuvchi dasturlarga quyidagilar kiradi :

    • viruslar – boshqa dasturlarga suqilib kirib, tarqalish imkoniyatiga ega bo‘lgan buyruqlar ketma-ketligidan iborat kod;

    • "chuvalchanglar" – mustaqil ravishda, ya’ni boshqa dasturlarga suqilib kirmasdan o‘z nusxalarini tizimda ko‘paytirish va bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan buyruqlar ketma-ketligdan iborat kod.

    Viruslar odatda tarmoq bo‘g‘inlari doirasida mahalliy ravishda tarqaladilar. Ularnig tarqalishlari uchun virus yuqqan faylni jo‘natish buyrug‘i kabi tashqi yordam zarur. "Chuvalchanglar" esa, aksincha o‘zlari mustaqil ravishda tarmoq bo‘yicha sayohat qiladilar va o‘z ta’sirlarini o‘tkazadilar.
    Ba’zida ziyon yetkazuvchi dastur tarqalishi bilan birga resurslarni agressiv ishlatib, boshqa foydali dasturlar ishiga halaqit beradi. Masalan, chuvalchanglar tarmoqning o‘tkazish yo‘lakchasini bo‘g‘ib, boshqa ma’lumotlarning uzatilishiga to‘sqinlik qiladilar.
    Normal holda ishlaydigan dastur ko‘rinishida ziyon yetkazishga mo‘ljallangan dasturlar ham tarqatiladi. Bunday dasturlar troyan dasturlari deb ataladi. Masalan, virus bilan zararlangan oddiy dastur troyan dasturiga aylanadi.
    Qurilmalarni yoki tashqi xotira vositalarini o‘g‘irlash ham axborotga bo‘ladigan tahdidlarga kiradi. Ko‘pgina hollarda disklarni, xattoki portativ kompyuterlarni qarovsiz qoldirilishi undagi ma’lumotlarning yo‘qotilishga olib keladi.
    O‘z vakolatini suiste’mol qilish natijasida ham axborotga tahdid solinishi mumkin. Masalan, tizim administratori o‘z vakolati doirasida boshqa foydalanuvchilar fayllariga, pochta qutisiga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa ba’zi hollarda noxush oqibatlarga olib keladi.
    Axborot munosabatlari subyektlariga jiddiy zarar yetkazuvchi asosiy tahdidlar mana shulardir.

    Download 262,61 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




    Download 262,61 Kb.