• Konfidensial
  • Monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish.
  • Komp’yuter stenografiyasining asosiy vazifalari




    Download 262,61 Kb.
    bet61/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Komp’yuter stenografiyasining asosiy vazifalari


    Zamonaviy kompyuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat:

    • yashirish usullari faylning autentifikatsiyalanishligini va yaxlitligini ta’minlashi kerak;

    • yovuz niyatli shaxslarga qo‘llaniluvchi stenografiya usullari to‘liq ma’lum deb faraz qilinadi;

    • usullarning axborotga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi ochiq uzatiladigan faylning asosiy xossalarini stenografik almashtirishlar bilan saqlashga va boshqa shaxslarga noma’lum bo‘lgan qandaydir axborot — kalitga asoslanadi;

    • agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vaqti ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, maxfiy xabarning o‘zini chiqarib olish jarayoni murakkab hisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi lozim.

    Internet kompyuter tarmog‘ining axborot manbalarini tahlili quyidagi xulosaga kelishga imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda stenografik tizimlar quyidagi asosiy masalalarni yechishda faol ishlatilayapti:

    • konfidensial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash;

    • monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish;

    • dasturiy ta’minotni niqoblash;

    • intellektual egalikning ba’zi bir turlarida mualliflik huquqlarini himoyalash.

    Konfidensial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan himoyalash. Bu kompyuter stenografiyasini ishlatish sohasi konfidensial axborotlarni himoyalash muammosini yechishda eng samarali hisoblanadi. Masalan, tovushning eng kam ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga almashtiriladi. Bunday o‘zgarish ko‘pchilik tomonidan tovushli xabarni eshitish paytida sezilmaydi.
    Monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish. Sanoat shpionlik tizimlarining monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish harakatlariga qarshi yo‘naltirilgan stenografik usullar lokal va global kompyuter tarmoqlari serverlaridan axborotning o‘tishida nazorat o‘rnatish harakatlariga qarshi turishga imkon beradi.

    Download 262,61 Kb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




    Download 262,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Komp’yuter stenografiyasining asosiy vazifalari

    Download 262,61 Kb.