|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 64/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiKriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?
Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi.
Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin:
foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash:
tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autentifikatsiyalash.
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.
Kriptografiya — ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik.
|
| |