|
Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik
|
bet | 65/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiMaxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat beradi.
Bu yerda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali jo‘natiladi (chizmada punktir chiziqlar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taalluqlidir.
Asimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu holda himoyalangan kanal bo‘yicha ochiq kalit jo‘natilib, maxfiy kalit jo‘natilmaydi.
Yovuz niyatli shaxslar o‘z maqsadlariga erisha olmasa va kriptotahlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi.
Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma’lum tizim hisoblanib, uning o‘zgartirilishi ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi,
shu bois ham faqatgana kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi.
Kompyuter ma’lumotlarini himoyalashning texnik-dasturiy vositalari
Ushbu vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Vositalar:
I. Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimi
II. Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi
III. Тarmoq bo`yicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash
IV. Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash
V. Тayanch axborotlarni boshqarish vositalari
Kompyuter ma’lumotlarini himoyalash apparatli-dasturiy vositalari.
Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizim foydalanuvchidan olingan ma’lumot bo‘yicha uning shaxsini tekshirish, haqiqiyligini aniqlash va shundan so‘ng unga tizim bilan ishlashga ruxsat berish lozimligini belgilab beradi.
Bu holda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotni tanlash muammosi mavjud bo‘lib, uning quyidagi turlari mavjud:
kalit va boshqalar;
Birinchisi an’anaviy, ikkinchisi esa biometrik identifikatsiyalash tizimi, deyiladi.
Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi
diskdagi ma’lumotlarni himoyalashdir. Bu holda mantiqiy va jismoniy bosqichlar ajratiladi. Mantiqiy bosqichda fayl asosiy obyekt sifatida bo‘lib, faqatgina ba’zi bir fayllar himoyalanadi. Bunga misol qilib, arxivator dasturlarini keltirish mumkin. Jismoniy bosqichda disk to‘laligicha himoyalanadi. Bunga misol sifatida Norton Utilities tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni keltirish mumkin.
Тarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash tizimi. Ushbu tizimda ikki yo‘nalishni ajratish mumkin:
kanal bo‘yicha, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan barcha ma’lumotlarni shifrlash;
abonentlar bo‘yicha, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan ma’lumotlarning faqatgina mazmuniy qismi shifrlanib, qolgan xizmatchi ma’lumotlarni ochiq qoldirish.
Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizimda tarmoq
bo‘yicha bajariladigan elektron ma’lumotlar almashuvida hujjatni va uning muallifini autentifikatsiyalash muammosi paydo bo‘ladi.
Тayanch axborotlarni boshqarish vositalari. Ushbu tizimda tayanch axborotlar sifatida kompyuter tizimi va tarmog‘ida qo‘llaniladigan barcha kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu holda kalitlarni generatsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi boshqaruv funksiyalarini ajratishadi.
|
| |