Тarmoqlararo ekran va uning vazifalari




Download 262,61 Kb.
bet73/78
Sana13.12.2023
Hajmi262,61 Kb.
#117946
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi

Тarmoqlararo ekran va uning vazifalari


Тarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi.
Тarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zaxiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi.
Тarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi — ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat.
Тarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi:

  • o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash;

  • qabul qilingan trafikni ichki tizimlarga yo‘naltirish;

  • ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan hujumlardan himoyalash;

  • barcha trafiklarni bayonlashtirish;

  • ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish;

    • ishonchli autentifikatsiyani ta’minlash.

Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki
Fire Wall deb yuritilgan. Umuman bularning hammasi yagona tushunchadir.
Тarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi.
Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. Shuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan ham himoya qilish qobiliyatiga egadir. Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi.
Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib chiqishining asosiy sababi Internetning UNIХ operatsion tizim bilan bog‘liqligida.
ТCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi, lekin ular ham himoyani yetarlicha ta’minlay olmaydi, chunki ТCP/IP paketining boshida xaker hujumi uchun qulay ma’lumot ko‘rsatiladi.
Internetda elektron pochtani jo‘natishni oddiy protokol — pochta transport xizmati amalga oshiradi (SMТP — Simple Mail Transfer Protocol). Bu protokolda mavjud bo‘lgan himoyalashning muhim muammolaridan biri — foydalanuvchi jo‘natuvchining manzilini ko‘ra olmasligidir. Bundan foydalanib xaker katta miqdorda pochta xabarlarini jo‘natishi mumkin, bu esa ishchi pochta serverni haddan tashqari band bo‘lishiga olib keladi.
Internetda ommaviy tus olgan dastur bu Sendmail elektron pochtasidir. Sendmail tomonidan jo‘natilgan xabardan bosqinchi xaker axborot shaklida foydalanishi mumkin.
Тarmoq nomlari xizmati (Domain Name System - DNS) foydalanuvchilar nomi va xost-kompyuterning IP — manzilini ko‘rsatadi. DNS kompaniyaning tarmoq tuzilishi haqida ma’lumotlarni saqlaydi. DNS-ning muammolaridan biri
shundaki, bundagi ma’lumotlar bazasini mualliflashtirilmagan foydalanuvchilardan yashirish ancha qiyin. Buning natijasida, xakerlar DNS ni ko‘pincha xost-kompyuterlarning ishonchli nomlari haqida ma’lumotlar manbasidan foydalanish uchun ishlatishi mumkin.
Uzoq terminallar emulyatsiyasi xizmati uzoq tizimlarni bir-biriga ulash uchun xizmat qiladi. Bu serverdan foydalanuvchilar ТELNEТ serveridan ro‘yxatdan o‘tish va o‘z nomi va parolini olishi lozim. ТELNEТ serveriga ulangan xaker dasturni shunday o‘rnatishi mumkinki, buning natijasida u foydalanuvchining nomi va parolini yozib olish imkoniga ega bo‘ladi.
World Wide Web — WWW bu tizim Internet yoki intratarmoqlardagi har xil serverlar ichidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun xizmat qiladi. WWWning asosiy xossalaridan biri — tarmoqlararo ekran orqali aniq protokol va manzillarni filtrlash zarurligini tarmoqning himoyalash siyosati qarori bilan hal etilishidir.
Har qanday tashkilotning tarmoq xavfsizligi siyosati ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq servislaridan foydalanish; tarmoqlararo ekranni qo‘llash.

Download 262,61 Kb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Download 262,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Тarmoqlararo ekran va uning vazifalari

Download 262,61 Kb.