|
EHM himoyasini ta’minlashning texnik vositalari
|
bet | 70/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi EHM himoyasini ta’minlashning texnik vositalari.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanishi oqibatida ko‘pgina axborotni himoyalash instrumental vositalari ishlab chiqilgan. Ular dasturiy, dasturiy-texnik va texnik vositalardir.
Hozirgi kunda tarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan texnikaviy vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Fizikaviy himoyalash vositalari — maxsus elektron qurilmalar yordamida ma’lumotlarga egalik qilishni taqiqlash vositalaridir.
Mantiqiy himoyalash — dasturiy vositalar bilan ma’lumotlarga egalik qilishni taqiqlash uchun qo‘llaniladi.
Тarmoqlararo ekranlar va shlyuzlar — tizimga keladigan hamda undan chiqadigan ma’lumotlarni ma’lum hujumlar bilan tekshirib boradi va protokollashtiradi.
Хavfsizlikni auditlash tizimlari — joriy etilgan operatsion tizimdan o‘rnatilgan parametrlarning zaifligini qidirishda qo‘llaniladigan tizimdir.
Real vaqtda ishlaydigan xavfsizlik tizimi — doimiy ravishda tarmoqning xavfsizligini tahlillash va auditlashni ta’minlaydi.
Stoxastik testlarni tashkillashtirish vositalari — axborot tizimlarining sifati va ishonchliligini tekshirishda qo‘llaniladigan vositadir.
Aniq yo‘naltirilgan testlar — axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining sifati va ishonchliligini tekshirishda qo‘llaniladi.
Хavflarni imitatsiya qilish — axborot tizimlariga nisbatan xavflar yaratiladi va himoyaning samaradorligi aniqlanadi.
Statistik tahlillagichlar — dasturlarning tuzilish tarkibidagi kamchiliklarni aniqlash, dasturlar kodida aniqlanmagan kirish va chiqish nuqtalarini topish, dasturdagi o‘zgaruvchilarni to‘g‘ri aniqlanganligini va ko‘zda tutilmagan ishlarni bajaruvchi qism dasturlarini aniqlashda foydalaniladi.
Dinamik tahlillagichlar — bajariladigan dasturlarni kuzatib borish va tizimda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
|
| |