|
Simmetriyali kriptotizim asoslari
|
bet | 66/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiSimmetriyali kriptotizim asoslari. Kriptografiya nuqtai-nazaridan shifr — bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan)
ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.
Kalit — kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
yetarli darajada kriptomustahkamlik;
shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;
axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi;
shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:
o‘rinlarini almashtirish;
almashtirish;
gammalashtirish;
analitik o‘zgartirish.
O‘rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo‘yichi boshlang‘ich matn belgilarining matnning ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o‘rinlari almashtiriladi.
Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi.
Gammalashtirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi.
Тahliliy o‘zgartirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari analitik formulalar yordamida o‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko‘paytirish yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo‘lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi.
O‘rinlarni almashtirish usullari
Ushbu usul eng oddiy va eng qadimiy usuldir. O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
shifrlovchi jadval;
sehrli kvadrat.
Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
jadval o‘lchovlari;
so‘z yoki so‘zlar ketma-ketligi;
jadval tarkibi xususiyatlari.
|
| |