|
Internet Scanner SAFEsuite
|
bet | 77/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasiInternet Scanner SAFEsuite paketining umumiy imkoniyatlari
quyidagilardan iborat:
Avtomatlashtirilgan va konfiguratsiyalangan skanerlash:
avtomatlashgan identifikatsiyalash va zaif qismlar bo‘yicha hisobot tuzish;
doimiy reja bo‘yicha skanerlash;
IP manzillarni skanerlash;
foydalanuvchi o‘rnatgan parametrlarni skanerlash;
zaif bo‘g‘inlarni avtomatik ravishda tuzatish;
ishonchlilik va takrorlanuvchanlikni ta’minlash.
Хavfsizlikni ta’minlash:
tarmoq vositalarini inventarizatsiyalash va mavjud asosiy zaif bo‘g‘inlarni identifikatsiyalash;
asosiy hisobotlarni taqqoslash va kelgusida ulardan foydalanish uchun tahlil qilish.
Foydalanishning oddiyligi:
foydalanuvchining grafik interfeysi;
HТML turidagi tartiblangan hisobotlarni yaratish;
skanerlashni markazlashtirilgan holda bajarish, boshqarish va monitoring o‘tkazish.
Internet Scanner SAFEsuite paketida quyidagi dasturlar mavjud: Web Security Scanner, FireWare Scanner va Intranet Scanner.
Web Security Scanner bevosita Web-serverlarda mavjud zaif qismlarni aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, bu dasturning imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
Web-server konfiguratsiyasini testdan o‘tkazish;
asosiy fayllar tizimining xavfsizlik darajasini aniqlash;
skriptlarda mavjud xatolarni aniqlash;
bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar yaratish va xatolarni tuzatish borasida takliflar berish.
|
| |