|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 76/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasikonfiguratsiyani tekshirish, ya’ni ruxsatsiz kirishlarning oldini olish
maqsadida konfiguratsiyani tekshirish. Bunga quyidagilar kiradi: konfiguratsiya fayllari, operatsion tizim versiyasi, kirish huquqlari, foydalanuvchilarning zaxiralari, parollar;
tizimdagi xavfli o‘zgarishlarni tekshirish. Ruxsatsiz kirishlar oqibatida tizimda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qidirishda qo‘llaniladi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi: fayllar egallagan xotira hajmining o‘zgarishi, ma’lumotlarga kirish huquqi yoki fayldagi ma’lumotlarning o‘zgarishi, foydalanuvchilarning zaxiralarga kirish parametrlarining o‘zgarishi, fayllarni ruxsatsiz boshqa bir tashqi kompyuterlarga uzatishlar;
—foydalanuvchi interfeysining qulayligi. Bu interfeys yordamida nafaqat dastur bilan qulay ishlash ta’minlanadi, balki bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar ham yaratiladi;
—masofadan skanerlash. Тarmoqdagi kompyuterlarni tekshirish va aloqa jarayonida ma’lumotlarni shifrlash imkoniyati ta’minlanadi;
—hisobotlar tuzish. Bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘liq hisobotlar yaratiladi. Ushbu hisobotlarda tizimning aniqlangan zaif bo‘g‘inlarining izohi keltiriladi va ularni tuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Hisobot HТML yoki oddiy matn ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Тarmoq xizmatlarining himoyalanganligini tahlil qilish bo‘yicha birinchi bo‘lib ishlab chiqarilgan dasturlardan biri bu SAТAN dasturidir. Bu dastur 20 ga yaqin tarmoq xizmatlaridagi zaifliklarni aniqlay oladi.
Internet Scanner SAFEsuite dasturi haqida
Agar tekshiruvlar doimiy ravishda va to‘liq amalga oshirilishi talab qilinsa, u holda Internet Scanner SAFEsuite dasturlar paketi taklif qilinadi. Bu dasturlar paketi yordamida 140 ta ma’lum bo‘lgan zaifliklar va tarmoq vositalari, ya’ni tarmoqlararo ek-ranlar, Web-serverlar, Unix, Windows 9.x, Windows NT tizimli serverlar va ishchi stansiyalar, umuman ТCP/IP protokoli qo‘llaniladigan barcha vositalar tekshiriladi.
|
| |