2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili
O‘tgan yigirma yil davomida maxsus ehtiyojli bolalrni
umumta’lim muassasalari tizimida o‘qitish borasida
sezilarli
ishlar amalga oshirildi. Ammo inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish
asosan shaharlar miqiyosida bo‘lib qishloqlardagi hududlarda
hali-
hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib
ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar
nogiron farzandini
shaharlardagi maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash
uchun qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Shuning uchun ham
maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish barcha
hududlarda barcha maxsus ehtiyojli
bolalarni qamrab olgan
bo‘lishi ta’minlanishi lozim.
“Bog‘lanish”
-
bu so‘zning zaminida
-ommaviy binolarning sifati,
ayniqsa
nogiron bolalar uchun maktablarga kirishning oson bo‘lishi kabilar
yotadi. Bola maktab binosiga (zinapoyalar aravachada yurishga
moslashtirilmaganligi sababli) kira olmaganmi yoki
maktab xojatxonasi
aravachada harakatlanuvchilarga moslashtirilmaganligi uchun oddiy
maktabdan chiqarib tashlamasligi kerak. Bu kabi qulayliklarni yaratish
unchalik katta mablag‘ talab qilmaydi. Yangi maktab binosi nogiron
bolalarning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirilgan paytdan
boshlab qurilishi kerak. Alatta nogiron bolalar uchun yaxshi bo‘lgan
qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar
uchun hech bir muammo
keltirib chiqarmaydi. Jismonan bog‘lanishlarni yaratish inklyuziv
ta’limning asosiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi.