Inklyuziv ta’lim (
ingliz tilidan olingan bo‘lib,
inclusive,
inclusion
–uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish,
qamrab
olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va
sog‘lom bolalar o‘rtasidagi
to‘siqlarni
(diskriminatsiyani)
bartaraf etish, maxsus ta’limga
muxtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra
nogiron
bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida
uchraydigan
nuqsonlar yoki iktisodiy qiyinchiliklardan qat’iy
nazar
ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan
umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim
tizimidir.
Inklyuziv»
va
«integratsiyalashgan»
atamalari ko‘pincha bir xil
ma’noda ishlatiladi. Biroq
ushbu tushunchalar orasida
juda katta farq bor.
Nogiron bolani oddiy
sharoitga joylashtirish
integratsiyaga qarab
qo‘yilgan birinchi qadamdir.
Imkoniyati cheklangan
bolalarning umumta’lim
muassasalari tarkibiga
qamrab olinishi jahon
miqyosida “
inklyuziv
” yoki
“
integratsion
” ta’lim
atamalari bilan ataladi.
Ya’ni
millati, irqi,
tanasining
rangi, ijtimoiy kelib chiqishi,
oilasining jamiyatda tutgan
o‘rni, manbai, moddiy va
ma’naviy axvoli, jismoniy
yoki ruhiy rivojlanishida
kamchiligi bo‘lishidan qatiy
nazar barcha bolalarni teng
ko‘rish, ulardagi har qanday
imkoniyatni qadrlash,
rivojlantirishni ko‘zda
tutadigan ta’limdir.