98
xavfsizlik masalalarini hal qilish inson omilini inobatga olinmasdan amalga
oshirilishi mumkin emas. Shu bois, inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarning
xavfsiz hayotini ta’minlashda davlat tashkilotlari hamda
ijtimoiy institutlarning
hamkorlikdagi maqsadli faoliyati zarurdir.
Mamlakatimizda ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ta’lim jarayoni
ishtirokchilarini tabiiy hamda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish,
xavfsizligini ta’minlashga erishishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi «Favqulodda
vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy
tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4276-sonli qarori, 2019-yil 10-apreldagi «O‘zbekiston
Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifatli yangicha
tizimini tadbiq etish
to‘g‘risida»gi PF-5706-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri-
Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2020-yil 10-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i uzluksiz
ta’limning har bir bo‘g‘inida, xususan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun tashkil
etilgan barcha turdagi ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hayot xavfsizligini
ta’minlashning huquqiy-me’yoriy asoslari belgilab berilgan.
Ta’lim muassasasining moddiy-texnik tuzilmasi, tibbiy-gigienik holati,
pedagogik-psixologik jihozlanishi kabilar bu jarayonda
gorizontal va vertikal
bog‘liq strukturalarning o‘zaro manfaatli bog‘liqligini ko‘rsatadi. Vazirliklararo
tuzilmalar o‘z ishini sifatli bajarsagina, muassasalarda o‘quvchilar hayot xavfsizligi
ta’minlanadi. Bundan tashqari turli tabiiy ofatlarga binolarning bardosh berishi,
favqulodda hodisalarda o‘quvchilarning evakuatsiya harakatlarining me’yorlarga
javob berishi kabi komponentlar inklyuziv ta’lim sharoitining sifatli ekanligini
belgilab beradi.
Xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj
odamlar va hamjamiyatlar
faoliyatining asosiy motivlari qatoriga kiradi. Bu motivlarning strukturaviy
joylashuvini ta’lim klasterining funksional bloklari tarkibiga kiritish mumkin.
Davlat esa jamoatchilik munosabatlarini amalga oshirish va fuqarolar huquqlari
kafolatini ta’minlash tashkiliy-siyosiy mexanizmi hisoblanadi. Davlat shaxs ustidan
yuqori turishi mumkin emas. Zero, uning vazifasi shunday sharoit yaratishki,
shaxsning ijodiy rivojlanishi haqiqiy oliy maqsadga aylanishi lozim.
Ta’lim klasterining xayot xavfsizligiga yo‘naltirilgan komponentida xavfsizlik
tizimining kuchsizligi katta ofatlarga olib keladi. Buning uchun klasterning har bir
bo‘g‘inida maqsad sifatida o‘quvchilarni sifatli va xavfsiz ta’lim bilan ta’minlash
tanlanishi lozim.
Ma’lumki, xavf – jahon hamjamiyati, alohida davlat va jamiyatning turli ijtimoiy
guruh hamda fuqarolariga, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga putur yetkazadigan
ehtimoldagi yoki aniq voqea, hodisa yoki jarayondir. Xavfsizlik tizimining asosiy
tamoyillari quyidagilar: sohaga oidlik, faollik, majmuaviylik, o‘z vaqtidalik, keng
qamrovlilik, davomiylik, qonuniylik, asoslilik, tejamlilik, hamkorlik.
99
Bugungi kunda
aholini barcha qatlamlarini, shu jumladan inklyuziv ta’lim
jarayonida maktab o‘quvchilarini xavfli va favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga
tayyorlashning ahamiyati ortib bormoqda. Bu jarayonda inklyuziv muassasalar bilan
hamkor hisoblangan tashkilotlar har bir o‘quvchining xavfsiz rivojlanishi va qulay
harakatlanish imkoniyatini ta’minlashda birdek manfaatdordir. Zero ta’lim klasteri
o‘zaro manfaatdor hamkorlik va integrativ faoliyatga asoslanadi.