• Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • Inklyuziv ta’limda axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish




    Download 196,64 Kb.
    bet1/2
    Sana20.05.2024
    Hajmi196,64 Kb.
    #246534
      1   2
    Bog'liq
    Tezis N.Abdullayev



    INKLYUZIV TA’LIMDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
    N.Q.Abdullayev – Qori Niyoziy nomidagi O‘ZPFITI tayanch doktoranti
    Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta‘lim tizimi ya‘ni inklyuziv ta‘lim tizimining takomillashuvi, va bu ta‘lim tizimi ta‘limda ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta‘lim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so‘z boradi.
    Kalit so‘zlar: ta‘lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat.
    Аннотация: В данной статье внедрена новая система образования в нашей стране, то есть совершенствование системы инклюзивного образования, а также внедрение этой образовательной системы в образование, приняты новые решения и постановления в целях развития системы инклюзивного образования. , и в задачах упоминается, что он загружен.
    Ключевые слова: образование, образование, инклюзивность, развитие, совершенствование, действие.
    Abstract: In this article, the new educational system introduced in our country, that is, the improvement of the inclusive education system, and the introduction of this educational system in education, new decisions and decrees were adopted in order to develop the inclusive education system, and tasks it is mentioned that it is loaded.
    Key words: education, education, inclusive, development, improvement, action.
    Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘i orqali masofadan turib, onlayn yoki oflayn o‘qish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi, ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchilarga juda katta imkoniyat bermoqda. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab elektron ta‘lim olish imkonini beruvchi juda ko‘plab elektron ta‘lim platformalari faoliyat yuritmoqda. Elektron usulda ta‘lim olishning eng afzal tomoni ta‘lim oluvchi ayrim sabab bilan darsda qatnasha olmasa yoki darsni yaxshi o‘zlashtira olmasa, platformaga kirib, video-ma‘ruzalardan qayta-qayta foydalanishi mumkin.
    Bu esa ta‘lim olish samaradorligini sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, zamonaviy ta‘lim texnologiyalari imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni boshqa tengdoshlari bilan teng bilim olishlarini ta‘minlab kelmoqda. Inkluziv ta‘limni tashkil etishda ushbu texnologiyalardan foydalanish ta‘lim sifatini oshishiga olib kelmoqda.
    Inklyuziv ta‘lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan boshqa ta‘lim jarayonlariga qaraganda ko‘proq foydalanish kerak. Negaki, bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatlarining aksariyatida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

    • Shaxsiy kompyuter (planshet yoki smartfonlar);

    • Interaktiv doska;

    • Multimedia vositalari;

    • Internet-resurslaridan foydalanish imkoniyati1.

    Bu holatda xulosa qilishimiz kerakki, inklyuziv ta‘lim maxsus ta‘lim va umumta‘lim maktabidagi ta‘lim jarayonidan ham yaxshiroq bo‘lishi kerak va albatta, yuqorida aytib o‘tilgan axborot-kommunikatsion texnologiyalarining imkoniyatlari inklyuziv ta‘lim jarayonida bo‘lishi uning samaradorligini ta‘minlaydi.
    Bugungi kunda, ta‘lim jarayonida AKT vositalarining asosiy turlari quyidagilardan iborat:

      • standart texnologiyalar - masalan, nogironlar uchun mo‘ljallangan sozlamalarga ega kompyuterlar;

      • muqobil ma‘lumotlar formati - masalan, HTML, DAISY (Digital

    Accessibility Information System) audio kitoblari, shuningdek, Brayl alifbosi kabi -quyi texnologiyali‖ formatlar;

      • yordamchi texnologiyalar - eshitish apparatlari, ekrandan o‘qish moslamalari, maxsus imkoniyatlarga ega klaviaturalar va boshqalar. Umuman olganda yordamchi texnologiyalar kiradi.

    Yordamchi texnologiyalar (YoT) -nogironligi bo‘lgan bolalarning funksional imkoniyatlarini kuchaytirish, qo‘llab-quvvatlash yoki yaxshilashga mo‘ljallangan qurilmalar, mahsulotlar, uskunalar, dasturiy ta‘minot yoki xizmatlar‖.
    Yordamchi texnologiyalarga quyidagilarni kiritish mumkin:

      • turli ko‘rinishdagi telefon qurilmalari va tizimlari;

      • ma‘lumotlarni uzatish vositalari va tizimlari;

      • xavfsizlikni saqlovchi va ogohlantiruvchi vositalar va tizimlar2;

    Sanab o‘tilgan barcha yordamchi texnologiyalar nogironligi bo‘lgan bolalarni ta‘limdagi imkoniyatlarini oshirishga va ularni rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Umumiy ta‘lim tizimida inklyuziv ta‘limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog‘lom bolalar qatoriga qo‘shib sifatli ta‘lim olishini ta‘minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir..
    Inklyuziv ta‘lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan boshqa ta‘lim jarayonlariga qaraganda ko‘proq foydalanish kerak.
    Inklyuziv ta‘lim va umuman ta‘lim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini kiritish bu zamon talabiga aylanmoqda. Stiv Djobs aytganidek,
    -XXI asrda muvaffaqiyatga erishish uchun ijodkorlik va texnologiyani uyg‘unlashtirish kerak‖3, aynan axborot-kommunikatsion texnologiyalarining uyg‘unlashuvi bizni ta‘limda yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

    Download 196,64 Kb.
      1   2




    Download 196,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inklyuziv ta’limda axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish

    Download 196,64 Kb.