Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023




Download 318,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana29.01.2024
Hajmi318,2 Kb.
#148060
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
122-128

Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023
 
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
 
 
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
124
 
menejerlarning tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirishning uslubiy asoslari va 
texnologiyalari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. 
Mazkur muammoni hal etish “Maktab menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha oliy 
kasbiy ta’lim tizimida bo‘lajak maktab menejerlarini mustaqil kasbiy faoliyatga 
tayyorlash jarayonini takomillashtirish, ularning tadbirkorlik kompetensiyasini 
shakllantirish orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Bugungi kunda maktab menejeri oʻz ixtiyoridagi barcha turdagi resurslarni: 
moddiy, moliyaviy, insoniy, ma’lumot va vaqtni malakali va samarali boshqarishga 
qodir boʻlishi kerak. Bundan tashqari, maktab menejeri muvaffaqiyatining eng muhim 
tarkibiy qismlari iqtisodiyot masalalari boʻyicha malaka va fikrlashning 
moslashuvchanligidir. 
Hozirgi vaqtda koʻplab tan olingan kompetentsiya modellari ishlab chiqilgan 
boʻlib, ular menejerning kasbi doirasidagi professional faoliyatni samarali amalga 
oshirish uchun oʻziga xos standartlardir, ammo barcha modellar ham tadbirkorlik 
kompetensiyalarini bitta klasterga birlashtirmaydi. 
Boʻlajak maktab menejerlarini oʻqitish jarayonida tadbirkorlik kompetensiyasini 
shakllantirish quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda samarali boʻladi: 
– talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishga ijobiy motivatsiyani 
shakllantirish; 
– talabalarni tadbirkorlik faoliyati qadriyatlariga yoʻnaltirish; 
– tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan 
kasbiy muhim shaxs xususiyatlari, kompetentsiyalari konstruksiyalarini bilish; 
– o‘quv fanlari (modullari) bo‘yicha muvofiqlashtirilgan kompetensiyaga 
yo‘naltirilgan ish dasturlari, pasportlari va tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirish 
dasturlari mavjudligi; 
– fakultetda, oliy ta’lim muassasasida talabalarga ma’ruza va seminarlarda olgan 
iqtisodiy bilimlaridan foydalanish orqali tadbirkorlik qilish imkonini beruvchi 
faoliyatga yo‘naltirilgan muhitni tashkil etish; 
– ta’lim va darsdan tashqari tadbirlarni modulli loyihalash, shu jumladan tahliliy 
faoliyat, loyiha ishlarini amaliyoti; 
– kichik ta’lim tashkilotlari, oʻquv kurslari tashkil etish orqali talabalarni 
maqsadni belgilash va biznes-reja tuzishga, real iqtisodiy munosabatlarga va ta’limiy 
mahsulot ishlab chiqarishga jalb etish; 
– talabalarning tadbirkorlik kompetentsiyalarini shakllanganlik darajasini 
nazorat qilish. 
Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy innovatsion 
vektorining maqsadlaridan biri tadbirkorlikni faollashtirishdir. Jamiyat a’zolarining 



Download 318,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 318,2 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023

Download 318,2 Kb.
Pdf ko'rish