|
Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023Bog'liq 122-128Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2023
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.938 http://sjifactor.com/passport.php?id=22323
https://t.me/openidea_uz
Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
125
tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylanib
bormoqda. Iqtisodiyot va jamiyatning yangi sifatini shakllantirishning eng muhim
omili sifatida ta’lim tizimiga alohida o‘rin berilgan. Aksariyat olimlarning fikriga
koʻra, ta’lim ijtimoiy institut sifatida fuqarolarning tadbirkorlik kompetensiyasini
oshirishni ta’minlashi mumkin.
R.Ferreyra
1
va boshqalar ta’kidlaganidek, “bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir
fuqaro va ayniqsa, oliy ma’lumotli mutaxassis tadbirkorlik sohasida barqaror
kompetensiyasiga ega bo‘lishi kerak”. Buning uchun shaxsning ham umumiy, ham
kasb-hunar ta’limi olish jarayonida, shuningdek, qo‘shimcha ta’lim tizimida
tadbirkorlik kompetensiyasini samarali shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish,
“Umrbod ta’lim” konsepsiyasi amalga oshirilishini ta’minlash zarur.
Belgilangan muammolarni muvaffaqiyatli hal etishning muhim yo‘nalishlaridan
biri bu, birinchi navbatda, ta’lim tizimining markaziy bo‘g‘ini sifatida rahbar xodimlar,
boʻlajak maktab menejerlarining tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirishdir.
Shu bilan birga, zamonaviy maktab menejeri tashabbuskorlik, qaror qabul qilish
va biznes aloqalarini oʻrnatish qobiliyati, loyiha va strategik fikrlash, professional
harakatchanlikka ega boʻlishi kerak. Maktab menejerlarining tadbirkorlik
kompetentsiyalari ularning kasbiy kompetentsiyasining muhim tarkibiy qismiga
aylanishi va kasbiy hamda tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish nuqtai
nazaridan innovatsion ta’lim maydoniga samarali integratsiyani ta’minlashi kerak.
Boʻlajak maktab menejerlarining ta’lim jarayoni sifatida tadbirkorlik
kompetentsiyalarini shakllantirish mantiqiy bogʻlangan bloklarga birlashtirilgan
maqsadli, izchil, tizimlashtirilgan, mazmunga boy tarkibiy qismlar majmuasi boʻlib,
uni tizimli-mazmunli modeli sifatida koʻrsatishga imkon beradi (1-jadval).
|
| |