• Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizning milliy liboslari, ularning zamonaviylashishi, milliy zamonaviy liboslar haqida so’z boradi. Kalit so’zlar
  • Innovative developments and research in education international scientific-online conference




    Download 347,86 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana30.05.2024
    Hajmi347,86 Kb.
    #257575
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Urinboyeva Gulsevar Shuxrat qizi



    INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
     
    International scientific-online conference 
    155
    PAGE
    O’ZBEKISTONDA MILLIY LIBOSLARNING ZAMONAVIYLASHISHI. 
    MILLIY ZAMONAVIY LIBOSLAR 
     
    Urinboyeva Gulsevar Shuxrat qizi 
     
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada yurtimizning milliy liboslari, ularning 
    zamonaviylashishi, milliy zamonaviy liboslar haqida so’z boradi.
    Kalit so’zlar: 
    Kiyim, kiyim-kechak, an’anaviy, madaniyat, milliy, urf-odatlar, 
    ijtimoiy munosabatlar, dizayn, ipak
    .
     
    Odamning shakl-u shamoyili, bo„y-basti, ko„rinishi, jussasi, tusi, ko„z 
    qarashlari, ovozi, tarovati, xullas, ichki va tashqi dunyosi u tavallud topgan, unib-
    o„sgan va kamolotga yetgan joyga monand bo„ladi. Yetti iqlim kishilari yetti xildir. 
    Demak, odam o„z vatanining bir zarrasidir. Bizning har birimiz o„z yurtimizning 
    bir zarrasimiz. Biz qayerda bo„lmaylik, o„zbekligimizni o„z tashqi qiyofamiz, 
    so„zimiz bilan ifoda etamiz. Shunday ekan, bizning kiyinish madaniyatimiz 
    ma'naviyatimiz ko„zgusidir. O„zbek xalqining o„tmishdagi kiyim-kechaklari bilan 
    bog‟liq ma‟lumotlarni arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan qadimiy katta 
    devoriy suratlar, turli buyumlarga tushirilgan tasvirlar, o„rta asrlardagi kitob 
    miniatyuralari beradi. O„rta asrlarga oid miniatyuralar o„zbek kiyimlarining o„ziga 
    xos uslubi, ya‟ni tipi shakllanganligi va ular keyingi davrgacha saqlanganligini 
    ko„rsatuvchi noyob namunalardir. Xalqning kiyim-kechaklaridagi o„zgarishlar, 
    asosan, XX asr boshlarida sezilarli ravishda namoyon bo„ladi va undagi 
    transformasiya, asosan, shaharlarda ochiq ko„zga tashlanadi. An‟anaviy o„zbek 
    libosi asosan, ustki ko„ylak, ishton va chopondan, boshga do„ppi, oyoqqa mahsi-
    kalish yoki etikdan iborat bo„lgan. Erkak-ayol va bolalar kiyimlari bichimining 
    deyarli bir xilligi ularning qadimiyligidan darak beradi. Bunday liboslar oddiy 
    usulda, ba‟zan qaychisiz va ulgusiz, yaxlit matodan yirtib tikilgan. Bir parcha 
    gazlamani 2 ga buklab yelka tomoniga ko„ndalangga 2 yeng bilan bir parcha to„rt 
    burchak xishtak (qo„ltig„iga solingan)ni tikib qo„yilavergan. Erkaklarning an‟anaviy 
    yaktak ko„ylagi uzunligi tizzagacha, ayollar va qizlarniki to„pig„igacha bo„lgan. 
    Farg„ona vodiysida yaktak xildagi erkaklar ko„ylagining qiyiq joyi vertikaliga 
    (yirmochi) belgacha etsa, yana bir turining yirmochisi gorizontal holda bir egnidan 
    ikkinchisiga qiyib cho„zilgan. Har ikki turda ham uzunasiga yoqa o„rnatilgan.
     
    O‟zbekiston mustaqillikka erishgach, unutilayozgan qadimgi milliy 
    an'analarimizni, qadriyatlarimizni tiklashga imkon tug'ildi. O'zbek milliy kiyimlari 
    xalqimiz tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib, u moddiy-ma'naviy yodgorliklar ichida 
    xalqlarning milliy o'ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi. 
    Milliy kiyimlarda, biron-bir el-elat tarixiga borib taqaladigan an'analar, ijtimoiy 



    Download 347,86 Kb.
      1   2   3   4




    Download 347,86 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovative developments and research in education international scientific-online conference

    Download 347,86 Kb.
    Pdf ko'rish