INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN CONSTRUCTION
2023/1, PART 2
47
https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/issue/view/80
INTERNATIONAL SCIENTIFIC
CONFERENCE
1-rasm. Nukus va Qo’ng’irot shaharlarida transport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan
korxona va tashkilotlar sonining taqqoslanishi
Qung’irot Tumanida 2021 yilda avtomobil transportining barcha turlari tomonidan
tumanda 7310,1 ming. yo‘lovchilar tashilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 105,0 %
ko‘rsatkich qayd qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ulushi 5,3 % ni tashkil qilgan (2-
rasm).
2-rasm. 2021-yil holatiga ko’ra Qung’irot tumanida yo’lovchilar aylanmasi
Hududlarning barqaror rivojlanishi uchun tegishli sharoitlarni
yaratish maqsadining
muhim infratuzilmaga oid tarkibiy qismi transport infratuzilmasi hisoblanadi,
va uning asosiy
elementlaridan biri – yo‘lovchi tashish transport tizimidir.
Yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirishning oliy shakli sifatida
muvozanatlashtirilgan transport tizimi ajratib ko‘rsatiladi.
Yo‘lovchi tashish transportining intermodal tizimini yaratish–asosiy maqsadi –
yo‘lovchining tarmoq bo‘ylab minimal darajada vaqt sarflagan holda
maksimal qulaylik bilan
tashkillashtirishdan iborat bo‘lgan murakkab vazifa hisoblanadi. Transportning barcha
turlarining maksimal darajadagi o‘zaro aloqalari (yo‘nalishlar
va liniyalar faoliyatini, shaffof
tariflarni
muvofiqlashtirish, yo‘lovchilarni habardor qilish kabilarni qamrab olgan holda)
transport boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.[3]
Shahar bosh rejasida transportni rejalashtirishda yo‘lovchi tashish transport turlarini
tanlash muhim vazifa hisoblanadi. Shahar yo‘lovchi tashish transport turlarining xususiyatlari 2-
jadvalda keltirilgan.