Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi




Download 31.06 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi31.06 Kb.
#45927
Bog'liq
maqola gulxayo
8-Dekabr Konstitutsiya kuniga bag\'ishlab tad-

Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi
Bugungi kunda loyihalash metodi ta’lim texnologiyasining muhim bo’g’iniga aylanib bormoqda. Ushbu metod ta’lim oluvchilarning hayot tarziga moslashish, mustaqil hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
Loyihalash (lotincha projectus-olg’a tashlangan fikr, g’oya, obraz), nomini o’zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo’lib, loyiha ma’lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g’oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikning mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Loyihalash metodi ta’lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo’lib, o’qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O’qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual hamda psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo’l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo’llanilishi va uni hal etish muammolari ko’rib chiqiladi.
Loyihalash metodi ta’lim oluvchilarni quyidagilarga o’rgatadi:
fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolami topish va yechish, axborotlar oqimida mo’ljal olish;
faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g’oyalami ilgari surish, tadqiqot o’tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash;
o’z faoliyati natijasiga mas’ul bo’lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to’g’rilash;
turli yechim, takliflarning natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash);
jamoada ishlash, turli nuqtayi-nazar, fikrlarning muhokamasida qatnashishga rag’batlantiradi.

Loyihalash metodini qo’llab, dars o’tish jarayonida o’quvchi, talabalarning vazifasi:


iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish.
o’qituvchining vazifasi:
o’quvchi, talabalarni mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo’lishi uchun sharoit yaratish.
Bu metodni iqtisodiy fanlami o’rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab chiqishni o’rganadilar. Nazariy va amaliy mashg’ulotlami qanday tashkil etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya’ni darsni qanday o’tkazishni mufassal rejasini ishlab chiqishni, umuman olganda, o’z faoliyatlarini rejalashtirishni o’rganadilar.
Shu bilan birga mazkur metodning o’ziga xos xususiyatlari mavjudki, ulami, albatta, hisobga olish zarur.
Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo’yicha qo’llash juda qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha tayyorlab, qo’yilgan muammoni yecha olmaydi.
Uchinchidan, bu metod o’qituvchidan chuqur bilim, tajriba, o’z ustida tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi.

1. Metodning mazniuni va uni amalga oshirish bosqichlari


Loyihalash metodini qo’llash uchun birinchi navbatda loyihalash obyektini aniqlaymiz.
Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz.
Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya’ni faoliyat rejasi ishlab chiqiladi.
Loyiha qatnashchilari belgilanadi.
Loyiha qatnashchilari o’z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- biriariga yaqin, yordam bemvchi o’quvchi, talabalar bo’lib, ularni loyihada qo’yilgan maqsad birlashtiradi.
Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo’yiladi.
Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo’linsa, uni ham muddatlari bilan ko’rsatiladi.
Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
1 bosqich. Loyihani ishlab chiqish. Unda loyihani amalga oshirish shakllari va vositalari, bosqichma-bosqich natijalari ham ko’rsatiladi.
2 bosqich. Loyihada belgilangan vazifalar bajariladi.
Bu bosqichda talabalar mustaqil ravishda individual va guruh bo’yicha qo’yilgan vazifalarni bajaradilar. Material, axborot to’playdilar. To’plangan ma’lumotlami muhokama qiladilar. Jadvallar, grafiklar ishlab chiqadilar. Namoyish etiladigan, illyustrativ materiallar tayyorlashadi.

3 bosqich. Loyihaning barcha qatnashchilari tomonidan tayyorlangan ishlar bir butun qilib birlashtiriladi. Avval loyihaning xomaki varianti yozib chiqiladi. So’ngra yakuniy variant rasmiy talablay asosida tayyorlanadi.


4 bosqich. Loyihaning so’nggi varianti ekspertga, taqrizga beriladi. Bunda matn aniq asoslangan bo’lib, bajarilgan ishlarning mazmuni va erishilgan natijalami gavdalantirishi kerak. Matnda, albatta, jadvallar, grafiklar, chizma, dasturlar va boshqa shunga o’xshash materiallar bo’lishi shart.
5 bosqich. Ish taqrizga beriladi. Loyihaga ekspert xulosasi olinadi, tashqi taqriz natijasini e’lon qilingach, tugallangan hisoblanadi.
6 bosqich. Loyiha taqdimoti. Taqdimot loyihada bajarilishi belgilangan mezonlar asosida ekspert hakam yoki komissiya a’zolari tomonidan baholanadi. Ekspert a’zolari tarkibi loyiha ishlab chiqilayotganda aniqlanadi. Tayyorlangan loyihani ko’rib chiqib, tanlanib, so’ngra tayyorlangan hisobot ko’rib chiqiladi.
Ekspert hakam ishni baholashi uchun baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Bu mezonlar muammoni o’rganish darajasi, matnni aniq, tushunarli tarzda bayon qilinishi, o’ziga xosligi, rasmiylashtirish sifati, ko’rgazmali, namoyish materiallardan foydalanilgani, berilgan takliflar va ularni muammoni yechishga yordam berishi va boshqa jihatlarini mujassamlashtirilgan bo’lshi kerak. Dars jarayonida kichik guruhlar tayyorlagan loyihalami o’qituvchi boshchiligida talabalardan tuzilgan hay’at baholashi mumkin.

Talabalar loyiha ustida ishlash jarayonida olgan bilimlaridan, bilish jarayonida xizmat qiladigan amaliy maslahatlardan foydalanishsa, mustaqil tahliliy fikr yuritishga o’rganadilar. Ularda yangi g’oyalar topish, ijodiy fikrlashga, to’g’ri strategiya tanlash, aniq masala-muammolarni yechish ko’nikmasi hosil bo’ladi. Bunda o’qituvchi ularning ishini kuzatadi, maslahatlar beradi, qo’llab- quvvatlaydi.


Boshqa hech qaysi metod o’quvchi-talabalarda bu metodchalik mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi.
Loyihalash metodi asosida dars jarayonini tashkil etishda o’quv guruhi ichida ishchi guruhlari tuziladi. Ular o’zlashtirish dara- jalariga qarab uch ishchi guruhga bo’linadi. Bunda kuchli ishchi guruhlar mustaqil shug’ullanganda, o’qituvchi o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchi-talabalar bilan mashg’ulot o’tkazishi uchuii ko’proq vaqt ajratiladi.
Ishchi guruhlar ishtirokchilarining o’zlashtirish darajasi tax- minan teng bo’lganida ta’limda yuqori natijaga erishiladi. Bunday guruhlarni ta’lim oluvchilarning o’zlari tuzgani ma’qul, chunki ular o’zlarining qaysi guruhga mos ekanliklarini juda yaxshi bilishadi. 2-va 3-ishchi guruhidan 1-ishchi guruhiga o’tishga im- kon beriladi. Kichik guruhlarda har bir o’quvchi yakka tartibda loyiha ishini bajargani uchun individual amaliy usuldan ham foy- dalanish mumkin.
Individual usulning laboratoriya usulidan farqi, talabalar o’z faoliyati davomida olgan bilimlaridan foydalanib, amaliy vazifani hal etishga harakat qiladi. Ushbu usul talabalar bilimini chuqur- lashtiradi, mahoratini oshiradi, shuningdek, ulaming o’rganish faoliyatini yanada kuchaytiradi.

§. Loyiha tayyorlashning taxminiy namunasi va loyiha


tayyorlashni o’rganish
Kasb ta’limi yo’nalishidagi talabalaming kichik gumhlarda o’zlari tanlab olgan mavzulari ustida ishlab, ana shu mavzularda ma’ruza va seminar darslari olib borish loyihalarini tayyorlashlarini kichik gumhlarga bo’lib, loyiha tayyorlash misolida ko’rish mum- kin.
Dars o’tishning texnologik xaritasi. biznes reja tuzish ham o’ziga xos loyiha hisoblanadi. Dars o’tishning texnologik xarita- sini tayyorlash ham ko’rib o’tgan bosqichlarimiz asosida amalga oshiriladi. Dars o’tishning namunaviy texnologik xaritasini avval ko’rib o’tganimiz sababli bu yerda batafsil to’xtamaymiz (V bob, 4-§ va VI bob, 3-§ga qarang). Asosiy diqqatimizni mavjud muam- molami o’rganib, ular orasidan fikrimizcha, dolzarb deb topilgan masalani tadqiq qilib, uni yechish uchun takliflar berish maqsad qilib qo’yilgan loyiha ishlab chiqishni o’rganishga qaratamiz.
Quyida loyiha ishlab chiqishning taxminiy namunasini kelti- ramiz:
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi»
«Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi» tomonidan talabalar o’rtasida o’tkazilayotgan «YiIning eng yaxshi
Ioyihasi» konkursida qatnashish uchun tayyorlangan loyiha
Mavzu: «Agrar sektor xususiyatlari va muammolari konsepsiyasi»
Loyiha rahbari — BR-70 guruh talabasi: Xolmuhamedova D.
Qatnashuvchilar: BR-70 guruh talabalari: Oblomurodov T., Tog’aev S., Ahmedov A., BR-71 guruh talabalari: Muyinova N., Xudoynazarov S.,
BR-75 guruh talabalari: Sultonova Z., Akbarxo’jayeva N., Salimbekova F.,
BR-76 guruh talabalari: Jabborov A., Tongotarov A.
Toshkent—2006
TADQIQOT LOYIHASI
Loyiha nomi: Agrar sektor xususiyatlari va muammolari konsepsiyasi.
Konkurs turi: Amaliy tadqiqot.
Dastur turi: o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo’jaligida islohotlami chuqurlashti- rishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining «2004—2006-yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlan- tirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori, «Qishloq xo’jaligida islohotlami amalga oshirishga qaratil- gan qonunlar ijrosini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar», «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi» yilida qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda agrar sektor xususiyatlari va muammolarini tadqiq etish.
Ilmiy yo’nalishi: Iqtisodiyot.
Ilmiy yo’nalishning aniq shifri va nomi (ilmiy yo’nalishlar klassifikatori bo’yicha): 6F — Bozor iqtisodiyoti, davlat va huquq nazariyasi.
Tayanch iboralar: Agrar sektor, resurslar, resurslar chek- langanligi, yer, suv resurslari, tabiiy sharoit, hosildorlik, mehnat unumdorligi, renta, dehqon xo’jaligi, fermer xo’jaligi, shirkatlar, qishloq xo’jaligi infrastrukturasi,’qisqa muddatli muammolar, uzoq muddatli muammolar.
Tadqiqotning qisqacha tafsiloti: Annotatsiya.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida agrar sektor alohida muhim o’rin
tutadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 26—30 foiz atrofida bo’lib, ishlab chiqarishning asosiy qis- mini tashkil etadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo’jaligini rivojlantirish, mavjud resurslardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish, fermer - dehqonlami qo’llab-quvvatlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin qishloq xo’jaligi o’ziga xos xususiyat- larga ega bo’lgan tarmoq bo’lib,. muvofiq ravishda muammolar, yechimini kutayotgan masalalar doimo mavjud. Hozirgi kundagi muhim muammolardan biri xo’jalik yurituvchi subyektlaming real iqtisodiy ahvoli kompleks ravishda chuqur ilmiy oTganilmaganidir. Masalan, xo’jalik yurituvchi subyektlar almashlab ekishni qanlay tarzda amalga oshirayapti? Fermer, dehqon xo’jaliklarini resurslar bilan ta’minlanish darajasi qanday holatda? Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash-chi? Fermer va dehqon xo’jaliklarini yer maydonining optimal miqdori qanday bo’lishi kerak? Ularga axborot, konsalting va boshqa xizmatlar koTsatish darajasi qanday? Nima sababdan agrar sektorga yo’naltirilayotgan ichki va xorijiy investitsiyalar ulushi kamayib borayapti va hoka- zolar.
Mazkur tadqiqot loyihasi qishloq xo’jaligini iqtisodiy jihatdan kompleks ravishda chuqur oTganish va o’tkazilgan tadqiqot asosida ilmiy xulosalar chiqarish, takliflar berish, ulaiga ekspert xulosalarini olish, ilmiy monografiya tayyorlash va chop etishga ruxsat olishni maqsad qilib qo’yadi.
Tadqiqotda qatnashuvchilar: Tadqiqotda jami 11 nafar ta- labalar qatnashadi. Ish jarayonida vujudga kelgan vaziyatga ko’ra tadqiqotda qatnashish istagini bildirgan qo’shimcha talabalami jalb etish mumkin.
Loyihada qatnashuvchilar:



Loyihada qatnashuv- chilarning familiyasi, ismi

Qaysi gunih talabasi

Loyihada bajaradigan vazifasi

1 .Xolmuhamedova D.

BR-70 guruh

Loyiha rahbari, agrar sektor xususiyatlari

Oblomurodov T.
Ahmedov A.

BR-70 gunih BR-70 guiuh

Qishloq xo’jaligini resurslar bilan ta’minlanishini o’rganish

Tog’ayev S.
Shodmonova I.

BR-70 guruh BR-71 guruh

Qishloq xo’jaligi infrastruktu- rasini o’rganish

Komilov R.
Sultonova Z.

BR-71 guruh BR-75 guruh

Agrar sektoiga investitsiya jalb qilish masalalarini oTganish

Salimbekova F
Akbarxo’jayeva N.

BR-75 guruh BR-75 guruh

Yer unumdorligi, yagona soliq, yer maydoni optimal hajmi masalasi

Jabborov A.
Tongotarov S.

BR-76 guruh BR-76 guruh

Xarajatlar, mahsulot realiza- tsiyasi muammolarini o’rga- nish

Bajarish muddati: 2009—2011 -yillar


Tadqiqot o’tkazish uchun saflanadigan mablag1
14478400 so’m
(Mablag’ nimaga, qancha sarflanishi batafsil beriladi. Moddiy xarajatlar, ish haqi, xizmat safari xarajatlari alohida ko’rsatiladi va asoslanadi).
Loyiha ishtirokchilari to’g’risida ma’lumot
Loyiha rahbari to’g’risida ma’lumot:
Familiyasi, ismi-sharifi, qisqacha bajargan ishlari, yashash joyi.
Loyiha ishtirokchilari to’g’risida ma’lumot:
Har bir ishtirokchining familiyasi, ismi-sharifi, qisqacha bajar- gan ishlari, yashash joyi va boshqalar.
Bu ma’lumotlar ishtirokchilarning loyihani bajarishga layoqati ko’rsatkichlarini qamrab olgani ma’qul. Chunki, ular asosida hakamlar xulosa chiqaradi.
ISHNING QISQACHA MAZMUNI
Agrar sektor xususiyatlari va muammolari konsepsiyasi.
Loyihada yechilishi nazarda tutilgan ilmiy-amaliy muam- molar.
Qayd etilgan muammolarning yechimini topish uchun quyidagi yo’nalishlarda tadqiqot olib borish mo’ljallanadi:
agrar sektorning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq et- ish;
xo’jalik yuritishning barcha shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini o’rganish;
agrar sektoming o’ziga xos xususiyatlari, shu sektorda band bo’lganlaming daromadlariga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganib chiqish;
mehnat unumdorligi, hosildorlikka ta’sir ko’rsatuvchi omil-
larni o’rganish; .
qishloq xo’jaligida fond bilan qurollanish darajasini o’rganish;
ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga turli omillar qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganish;
yetishtirilgan hosilning qanday qismi qayta ishlanishini o’rganish;
narx pariteti va uni xo’jalik yurituvchi subyektlar daro- madiga ta’siri;
talab va taklif noelastikligini dehqonlar daromadiga ta’siri va boshqalarni o’iganish.
Loyiha doirasida o’z yechimini topishi Iozim bo’lgan aniq ilmiy-texnik vazifalar va muammolar.
Loyihani amalga oshirishda quyidagi aniq ilmiy-texnik vazifa- lar bajarilishi nazarda tutiladi:
qishloq xo’jaligi faoliyatining huquqiy asoslarini, mam- lakatimizda yuritilayotgan agrar siyosatni o’rganish:
agrar sektorda xo’jalik yurituvchi subyektlarga mustaqil tadqiqot obyekti sifatida yondashib, ularning hoziigi kundagi real imkoniyatlarini aniqlash;
agrar sektorda real muammolami o’iganish maqsadida xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida savolnoma asosida so’rov o’tkazish;
xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bo’yicha statistik ma’lumotlar, axborotlar to’plash;
yig’ilgan ma’lumot, axborotlami qo’yilgan maqsadga ko’ra qayta ishlash;
tadqiqot jarayonida olingan ma’luniot, axborotlar asosida nazariy- ilmiy xulosalar chiqarish;
tadqiqot asosida olingan natijalarga ko’ra samarali xo’jalik yuritish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
tayyorlangan hisobotni ekspert xulosalaridan o’tkazish;
ilmiy-amaliy izlanishlar natijasi sifatida monografiya tay- yorlash va nashr qilish.
Mazkur loyihada ko’zlangan maqsad oldin ham qo’yiIganmi?
Aynan shunday mazmunda bunday masala tadqiq qilinmagan.
Loyihani amalga oshirish quyidagi natijalami olish imkonini beradi:
Qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi subyektlaming agrar sektorda tutgan o’rnini aniqlash.
Tadqiqot o’tkazilayotgan davrdagi agrar sektordagi real ho- latni aniqlash.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar oldida turgan mavjud muam- molarni aniqlash.
Aniqlangan muammolar bo’yicha ularni bartaraf qilish uchun taklif qilingan tavsiyalar.
Xo’jalikni samarali yuritish uchun takliflar.
Olingan natijalardan xo’jalik yurituvchi subyektlar, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi foydalanadi.
Loyihalarni amalga oshirish bosqichlari va muddatlari
Uni loyiha vaqtini bosqichlarga bo’lib yoki ma’lum bir maqsad va vazifalarni amalga oshirishni ko’zlagan holda, unga ma’lum bir muddat ajratib koTsatish mumkin.
Aytaylik, 3 yilga mo’ljallangan loyihaning har bir yilini bir bosqich sifatida belgilab, unda bajariladigan ishlar, erishiladigan natijalar ko’rsatiladi.
Loyihani amaliyotga joriy qilish natijasida olinadigan sa- mara
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tadqiqot natijalari va mu- qobil variantlar bilan tanishishi zarur qaror qabul qilishlari uchun yordam beradi. Agrar sektorda samarali xo’jalik yuritishni amalga oshirish uchun zarur maslahatlar olish tufayli barqaror daromad yo’llarini izlashga yo’naltiradi. Tavakkalchilik va tadbirkorlik xataridan o’zini himoya qilish, yo’qotishlar, talofotlar yuz ber- ganda to’g’ri qaror qabul qilish va koTiladigan zararni kamayti- rishning to’g’ri yoMlarini topTshga o’rganadilar. Oqibatda qishloq xo’jaligining barqaror rivojlanishi, raqobatbardoshligi ta’min- lanadi. .
4. Loyihani amalga oshirish uchun zarur mollyaviy resurslar va ulaming manbalari ko’rsatiladi. Unda har bir bosqich uchun va jami talab qilinadigan mablag’lar ko’rsatiladi. KoTsatilgan summa- lar asoslangan bo’lishi kerak. Agar manbalari aniq bo’lmasa, faqat sarf-xarajatlar asoslangan ravishda koTsatiladi. Tanlov hakamlari va a’zoIari ularni realligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Moddiy xarajatlar va mehnat haqi, tadqiqot yuzasidan xizmat safarlari xara- jatlari alohida koTsatiladi 5-shakl.
Loyiha bo’yicha bir yillik xarajatlar smetasi



Xarajatlar smetasi (ming so’m)




Xarajat turlari

Jami




Mehnat- ga haq to’lash fondi

Ustama
xarajat-
lar

Safar
xarajat-
lari

Materi-
allar

Asbob-
uskuna-
lar

Boshqa
xarajat-
lar

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

12200

1258,4

400

200

800

50

14908,4

Hamijrochi tashkilot (agar bor bo’lsa)

-




-

-

-

-

-

Jami:

12200

1258,4

400

200

800

50

14908,4

Shtatlar jadvali va ishlovchilarning ish haqi



T/r

Lavozim

Shtat
birligi

Ishlov-
chilar
soni

Bir ish- lovchining ish haqi (oylik)

Bir ishlov- chining yillik ish haqi

Jami

1.

Loyiha rahbari

1

1

100000

1200000

1200000

(Loyihaning bu qismi-xarajatlar hisoblashni buxgalteriya hisobi va audit darslarida o’rganiladi).


Namunaviy loyihamiz kafedraning ilmiy ishlarida qatnashishni ko’zlagan iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan. Darsda esa nis- batan uning oddiy, sodda varianti o’tilayotgan mavzu yoki shu mavzu bo’yicha mavjud muammolar yuqoridagi jadvalda berilgan tartib asosida tayyorlanadi. Lekin barcha talabalar turli tashkilot, fondlar o’tkazayotgan tanlovlarda qatnashish uchun ilmiy tadqiqot loyihasi tuzishni o’rganishni faqat ijobiy baholash mumkin. Tala- balar bu metod yordamida biznes-reja tuzishni o’rganadilar.
Barcha metodlar kabi bu metodning ham afzalliklari va kam- chiliklari mavjud. Ko’pincha bosqichma-boqich amalga oshirish mo’ljallangan metodlar texnologiya tarzida ham ifodalanadi. Bun- day yondashish ham mumkin, bu har bir o’qituvchining qaysi nuq- tayi nazardan yondashishiga bogiiq. Tadqiqot metodiga xos afzal- Iiklar, kamchiliklar bu metodga ham xos. Biz uni avval ko’rib chiqqanmiz.
Xulosa
Loyihalash metodi — o’rganilishi lozim boigan mavzu, muammo, masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlami rejalashtirish, qo’yilgan maqsadni va uni ba- jarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni o’rgatadigan metod. ‘
Metodni qoilash asosida dars o’tganda loyihalash obyektining maqsadini aniqlash, mazmunini ifodalash muhim ahamiyatga ega. Bu metod asosida biznes reja tuzish, texnologik xarita ishlab chi- qish, turli loyihalar ishlab chiqish va ulami amalga oshirish ko’nik- masi hosil boiadi. Bu metod mas’uliyatni his qilishga o’rgatadi.
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Loyihalash metodi, loyihalash bosqichlari, loyihalash obyekti, loyihalash maqsadi, loyihalash vazifasi, namunaviy loyiha, tadqiqot loyihasi, loyiha taqdimoti, loyihani baholash mezonlari.
Takrorlash va munozara uchun savollar
Iqtisod fanlarini o’rganishda loyihalash metodi qanday o’rin
tutadi? -
Sizningcha, bu metodni qanday mavzu yoki savollami o’rganishda qoilagan ma’qul?
Loyihalash metodining asosiy bosqichlarini aytib bera olasizmi?
Boshqa hech qaysi metod o’quvchi, talabalarda bu metodga o’xshab mas’uliyatni his qilishni shakllantirmaydi, tarbiyalamaydi, degan fikrga qo’shilasizmi?
Siz loyiha taqdimotida nimalarga ahamiyat beigan bo’lardingiz? Loyiha uchun berilgan baholash mezonlari sizni qoniqtiradimi, yana nimalami qo’shish mumkin?
Siz o’zingiz qanday muammoni tanlagan bo’lardingiz?
Loyihani amalga oshirish uchun zamr mablag’ miqdorini hisoblab chiqib, asoslab bera olasizmi?
Download 31.06 Kb.




Download 31.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi

Download 31.06 Kb.