• Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish
  • Ilmiy natijalarni chop etish
  • Ilmiy-tadqiqot natijalari




    Download 2,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/214
    Sana26.01.2024
    Hajmi2,71 Mb.
    #146421
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   214
    Bog'liq
    Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)

    Ilmiy-tadqiqot natijalari: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot Institutida tashkil etilgan 
    mahalliy yong‘oq navlari va formalari kolleksiyasidan serhosil, kasalliklarga va sovuqqa 
    chidamli, meva sifati jixatidan jahon standartlariga mos keladigan, bakterial rak kasalligiga 
    chidamli navlar tanlab olinadi va ularni in vitro usulda mikroklonal ko‘paytiriladi va bakterial 
    rak kasalligiga chidamli, genetik jihatdan bir xil bo‘lgan ko‘chatlar yetishtiriladi. Ushbu 
    ko‘chatlar asosida plantasiyalar tashkil etiladi va ichki va tashqi bozor uchun raqobatdosh 
    mevalar yetishtiriladi. 
    Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish: Istiqbolli va bakterial rak kasalligiga 
    chidamli mahalliy yong‘oq navlarini to‘qima kulturasi asosida in vitro usulda ko‘paytirish 
    qisqa vaqt ichida ko‘paytirish va ushbu jarayonda materiallarning genetik o‘ziga xosligini 
    saqlab qolish imkonini beradi, in vitro usulda ko‘paytirilgan ko‘chatlar yong‘oq 
    plantasiyalariga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi, natijada har yili chet 
    davlatlardan ko‘chat sotib olishga sarflangan mablag‘ tejaladi. In vitro usulda ko‘paytirilgan 
    ko‘chatlar erta hosilga kiradi, daromadi yuqori bo‘ladi va ko‘chatlar genetik jihatdan bir xil 
    bo‘lganligi uchun, ularni parvarishlash nisbatan oson bo‘ladi; kasallangan ko‘chatlarga ishlov 
    berish uchun qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar va jarayonlardan voz kechiladi va ularga 
    sarflanadigan mablag‘ tejaladi, tuproq ifloslanishi oldi olinadi, ekologik toza mahsulot 
    yetishtiriladi.
    So‘ngra, in vitro usulda ko‘paytirilgan mahalliy yong‘oq navlari ko‘chatlarini 
    parvarishlash agrobiotexnologiyasi ishlab chiqiladi. Yosh mutaxassislar jalb etilib, olib 
    borilgan tadqiqotlar asosida falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi bajariladi va himoya etiladi. 
    Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalari bo‘yicha intellektual mulk obyektlariga 
    tegishli hujjatlar olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro‘yxatidagi 
    va Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda 
    maqolalar chop etiladi.
    1,8 mlrd so‘m 

    Download 2,71 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   214




    Download 2,71 Mb.
    Pdf ko'rish