2-ilova
1a-SHAKL
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovasion loyihalar tanlovi
mavzusini shakllantirish bo‘yicha
ASOSNOMA
1. Davlat buyurtmasi bo‘yicha
e’lon
qilinadigan
ilmiy
loyihalar tanloviga tavsiya
etilayotgan mavzu nomi
In vitro usulida istiqbolli mahalliy yong‘oq navlarining
bakterial shish
(Agrobacterium tumefaciens) kasalligiga chidamli
ko‘chatlarini yetishtirish va plantasiyalar yaratish.
Выращивание сеянцев перспективных местных сортов
грецкого ореха, устойчивш к бактериалной опухоли
(Agrobacterium tutnefakiens) in vitro и создание плантаций.
Cultivation оf seedlings оf promising
local walnut varieties
resistant to bacterial tumоr (Agrobacterium tumefakiens) in vitro
and creating plantations
2. Yo‘llanma xat raqami va
sanasi
3. Ilmiy
loyiha
mavzusi
tashabbuskori (ilmiy tashkilot
nomi)
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
4. Taklif
etilayotgan
mavzu
doirasida
ilgari
bajarilgan/bajarilayotgan
fundamental,
amaliy
va
innovasion loyihalar natijalari
tahlili
Shu kunga qadar
istiqbolli va bakterial shish (A. tumefaciens)
kasalligiga chidamli mahalliy yong‘oq navlarini
in vitro usulida
mikroklonal ko‘paytirish bo‘yicha loyihalar bajarilmagan. Butun
dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan yong‘oq navlari, jumladan
Chandler navi asosida 2017-2020 yillarda Samarqand, Jizzax,
Qashqadaryo
viloyatlarida
plantasiyalar
tashkil
etilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu navlar O‘zbekiston
iqlimiga to‘liq
moslasha olmadi, ya’ni erta kuzgi sovuqda
zararlanish va turli kasalliklar (bakterial rak va h.k ) bilan
kasallanish foizi yuqori ko‘rsatkichni namoyon qildi. Shu
sababdan, mamlakatimiz turli hududlarida o‘sayotgan
turli
mahalliy navlar orasidan, sovuqqa va turli kasalliklarga chidamli
navlar tanlab olingan, ammo ularni
in vitro usulda ko‘paytirish
texnologiyasi ishlab chiqilmagan.