|
Innovatsion va amaliy loyihalar Pdf ko'rish
|
bet | 151/214 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #146421 |
Bog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)Tadqiqot shakli: amaliy bo‘lib, damashq atirguli (Rosa damascene Mill) xalq tabobati va
ilmiy tabobatda keng qo‘llaniladi, shuningdek atir-upa sanoatida importni bartaraf qilish
maqsadida ularni ko‘paytirish va fermer xo‘jaliklarida ekologik toza mahsulot yetishtiriladigan
dastlabki plantatsiyalarini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy-tadqiqot natijalari: Avtor tomonidan ko‘p yillar davomida (2015 yildan) damashq
atirgulidan tanlab olingan klonlar ko‘paytiriladi. Fermer xo‘jaligida ekologik toza mahsulot
yetishtirishga asoslangan dastlabki onalik plantatsiyasi yaratiladi va agrobiotexnologiyasi ishlab
chiqiladi. Samarqand viloyatida yetishtirilgan ekologik toza damashq atirguli efir moyi va atirgul
suvini biologik faol moddalari aniqlanib, farmasevtika, oziq-ovqat, atir-upa sanoatlarida xom-
ashyo bazasi sifatida tavsiya etiladi. Damashq atirgulidan ekologik toza mahsulot yetishtirish
agrobiotexnologiyasi ishlab chiqiladi. Damashq atirgulidan Samarqand viloyatida ekologik toza
mahsulot yetishtirish imkoniyatini yaratib, import oldi olinadi hamda valyuta tejab qolinadi.
Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish: Yosh mutaxassislar jalb etilib, ekologik
toza mahsulotlar yetishtirish agrobiotexnologisidan foydalanib magistrlik va doktorlik (PhD)
dissertatsiyasi bajariladi hamda himoya etiladi. Monografiya yoziladi.
Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalari bo‘yicha intellektual mulk ob’ektlariga
tegishli hujjatlar olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidagi va
Web of Science hamda Ssopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda maqolalar
chop etiladi.
1,250 mlrd. so‘m
*Amaliy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 2,5 mlrd so‘m va bajarililishi ikki yilga mo‘ljallangan
|
| |