Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetidan innovatsion va amaliy loyihalar tanloviga
taklif etilayotgan ilmiy-texnik loyiha
Ilmiy-texnik loyiha
Mavzusi
Loyiha bajarilishidan kutilayotgan natija
Loyihaning yillik
moliyalashtirish
hajmi
“Shurtangazkimyo majmuasi” AJ
ikkilamchi
mahsulotlari
asosida
suyuq yoqilg‘ilar (benzin)
olish
texnologiyasini ishlab
chiqish
Tadqiqot shakli: amaliy, Respublikamizda “Shurtangazkimyo majmuasi” AJ
ikkilamchi mahsulotlari asosida suyuq yoqilg‘ilar (benzin) olish texnologiyasini ishlab
chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmagan va texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Amaliy
loyiha yakunida gazkimyo komplekslari ikkilamchi
mahsulotlari asosida suyuq
yoqilg‘ilar (benzin) olish texnologiyasini ishlab chiqiladi va tavsiyalar beriladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
-“Shurtangazkimyo majmuasi” AJ ikkilamchi mahsuloti –
vodorod asosida suyuq
yoqilg‘i (benzin) olish jarayoni
uchun katalizator tanlanadi;
- vodorodni suyuq yoqilg‘iga aylantirish (Coal to Liquids - CTL) jarayonining kinetik
qonuniyatlari
tadqiq etiladi;
- jarayonning optimal sharoitlari (bosim, temperatura, gazlarning oqim tezligi va h.k.)
tanlanadi;
- vodorodni suyuq yoqilg‘iga aylantirish jarayoni texnologik parametrlari – material
balansi, texnik shartlar ishlab chiqiladi.
Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish: “Shurtangazkimyo majmuasi” AJ
ikkilamchi mahsuloti – vodorodni suyuq yoqilg‘iga aylantirish
jarayoni texnologiyasi
ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan texnologiya laboratoriya hamda “Shurtangazkimyo
majmuasi” AJ da yarim sanoat usulida sinovlardan o‘tkaziladi.