|
Ilmiy-tadqiqot natijalariBog'liq Сайтга Joriy etishga tayyor ishlanmalar (2)
Ilmiy-tadqiqot natijalari: Fermer xo‘jaliklarida chakanda, kizil, do‘lana va zirkning istiqbolli
formalari ajratiladi, perspektiv genofondi yig‘iladi (in-situ) va ko‘paytiriladi. Mevalarining
hajmi, ta’mi, hosildorligi va adaptiv belgilariga qarab perspektiv formalarning 5000 ta tupi
ajratiladi va dastlabki onalik plantatsiyalari yaratilib, biologik faol moddalarni aniqlash, ulardan
unumli foydalanish yo‘llari ishlab chiqiladi. Yaratilgan 10 ga plantatsiya farmasevtika, oziq-
ovqat, asalarichilik, parfyumeriya, veterinariya va boshqa soxalarga xom ashyo bazasi sifatida
taqdim etiladi.
Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish: Chakanda, kizil, do‘lana va zirkning istiqbolli
formalarini yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqiladi. Xorijdan
keltirilayotgan chakanda, kizil, do‘lana va zirkning farmasevtik mahsulotlarini O‘zbekistonda
yetishtirish imkoniyati yaratiladi, ya’ni import oldi olinadi hamda valyuta tejab qolinadi.
Monografiya yoziladi. Yosh mutaxassislar jalb etilib (PhD) doktorlik dissertatsiyasi bajariladi
va himoya etiladi.
Ilmiy natijalarni chop etish: Tadqiqot natijalari bo‘yicha intellektual mulk ob’ektlariga
tegishli hujjatlar olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidagi va
Web of Science hamda Ssopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda maqolalar
chop etiladi.
0,400 mlrd. so‘m
*Amaliy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 1,2 mlrd so‘m va bajarilishi uch yilga mo‘ljallangan.
2-ilova
1a-ShAKL
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion
loyihalar tanlovi mavzusini shakllantirish bo‘yicha
ASOSNOMA
|
| |