Ellips yasash
Ellips primitiv shakllarning eng ko`p foydalaniladigani hisoblanadi. Bu instrument yordamida deyarli barcha grafik ob'ektlarning tasvirini ishlashda foydalanish mumkin.
Ellips yasashda uning o‘lchamini aniq tasavvur qilish lozim.
E
llips yasash uchun grafika panelidagi Ellipse (ellips) tugmasini bosamiz. Bundan tashqari F7 funktsional klavishni bosib chaqirish mumkin. Shundan keyin kursor pastda rasmda ko‘rsatilgandek shaklga kiradi.
Instrument tanlab bo‘lganimizdan keyin tasavvur qilinayotgan to‘rtburchakning biron bir burchagidan tutib qarama-qarshi tomonga tortamiz. Shunda atributlar panelida ellipsning eni va bo‘yi, shuningdek markaz koordinatalari paydo bo‘ladi. Chizish jarayonida ellips o‘lchamlari atributlar panelida ellipsning eni va bo‘yi, shuningdek markaz koordinatlari paydo bo‘ladi. Tugmani qo‘yib yuborganimizdan keyin ellips paydo bo‘ladi. Holat satrida esa ellips shu daqiqada ajratib, belgilangan shakl ekanligi haqidagi ma'lumot paydo bo‘ladi. Chizish jarayonida ellips o‘lchamlari atributlar panelida dinamik ravishda yangilanib turadi. ellips chizganda ham xuddi to‘rtburchakni chizgandagiga o‘xshab, klavish modifikatordan foydalanish mumkin.
Bunda CTRL klavishini bosib ushlab tursak ellips emas, aylana hosil bo‘ladi. SHIFT klavishini bosib tursangiz aylana markaz nuqtadan hosilbo‘ladi.
Sektor yoki yoylar hosil qilish uchun atributlar panelidagi kerakli tugmalarni topib ishlatishni o‘rganish kifoya. Chunki Corel DRAWda sektor va yoylar hosil qilish uchun maxsus instrument yo‘q.
Ko‘pburchakliklar va yulduzcha yasash
Ko‘pburchaklik Corel DRAWdagi eng murakkab grafik primitivlardan hisoblanadi.
Ko‘pburchaklik yasash uchun grafika panelidagi Polygon (ko‘pburchaklik) tugmasini bosamiz yoki rasm chizish oynasining ustiga borib sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va kontekst menyusidagi Create Object/ Polygon (ob'ekt yaratish/ ko‘pburchaklik) komandasini tanlaymiz.Shundan keyin kursor pastda ko‘rsatilgandek ko‘rinishga kiradi:
Chap tomondagi tugmani tutib turib sichqoncha ko‘rsatkichini suramiz va rasmda ko‘rsatilgandek besh qirrali ko‘pburchaklik hosil bo‘ladi:
Ko‘pburchaklik tayyor bo‘lganidan keyin uni hohlagancha o‘zgartirish mumkin. Ko‘pburchakning parametrlari uni chizishdan oldin ham berilishi mumkin. Masalan, ko‘pburchakning qirralarini atributlar panelida o‘zgartirish
mumkin. Tasvir yaratganda atributlar panelidan foydalanish ancha qulaylik tug`diradi. Agar yulduzcha yasash zarur bo‘lsa Polygon /Star (ko‘pburchaklik / yulduz) tugmasini bosamiz. Ko‘pburchaklik va yulduzchani Shape (forma) intrumenti bilan taxrirlab juda qiziqarli shakllar hosil qilishimiz mumkin.
Spiral yasash uchun ham yuqoridagi ko‘rsatilgandek uslublardan foydalanamiz. Atributlar paneli yordamida spiralning o‘ramlari sonini o‘zgartirishimiz mumkin.
|