Egish effekti bilan ishlash
Egish effekti ob'ekt shaklini mustaqil ravishda egishga yordam beradi.Bunday effektni ob'ektlar guruhiga qo`llashdan oldin shu ob'ektlarni guruhlash lozim.
Egish effekti Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumenti yordamida amalga oshiriladi. Bu instrument grafika panelidagi instrumentlar to`plamida joylashgan. Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumenti tugmasi panelda chapdan to`rtinchi bo`lib joylashgan. Agar ob'ektni belgilab olib shu tugmani bossak ob'ekt atrofida avtomatik raviщda 8 bog`lamdan iborat bo`lgan gabarit to`g`riburchaklik paydo bo`ladi. Xuddi boshqa bog`lamlar kabi ular ham markerlar bilan ta'minlangan. Markerni bosib turib, uni sichqonchabilan sursak ob'ektga kerakli shaklni bera olamiz.
17-rasm
Ob'ektga kerakli shaklni berishdan oldin tahrirlash tartibi tugmalaridan birini tanlash lozim. Bu tartib ob'ekt shaklini tahrirlash vositalarini belgilab beradi.
Tahrirlash tartibi tugmalari atributlar panelining o`rtasida joylashgan. Tartib nomlari bajaradigan vazifasiga qarab tanlangan bo`lib, ular chapdan o`ngga qarab quyidagi tartibda va nomda joylashgan:
Straight Line (to`g`ri chiziq), Single Arc (yoy), Double Arc(to`lqin), Uncons trained mode (mustaqil).
Ob'ektga egish effektini qo`llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Ob'ekt yoki ob'ektlar guruhini belgilab oling va Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentlar tugmasini bosing. Ob'ekt atrofida avtomatik ravishda egish effektini beruvchi gabarit to`g`riburchaklik paydo bo`ladi.
Atributlar panelidagi egish tartibini tanlash tugmasini bosamiz.
Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentini gabarit to`g`riburchaklik bog`lamlar ini ajratish va almashtirish uchun foydalanamiz.
Deformatsiya effekti
Interactive Distortion (interaktiv deformatsiya) instrumenti tugmasi grafika panelidagi interaktiv effektlar panelining qo`shimcha instrumentlar panelida joylashgan.
Tugmadagi belgi g`ijimlangan qog`ozga o`hshaydi. Deformatsiyaning uchta turi mavjud:
Push and Pull (tort-itar)
Zipper (zigzag)
Twister (aylantirish)
-rasmda haruchta deformatsiyaning aylana ob'ektga ta'siri tasvirlangan. Deformatsiya tipining soni va turli tumanligi cheksiz bo`lib, uning natijasi deformatsiya instrumentining tipi, boshqaruvchi markerga, kursorni tortish yo`nalishiga, shuningdek atributlar panelining parametrlarining tuzilishiga bog`liq.
|