Diagramma to‘rini yaratish
Graph Paper (Diagramma to‘ri) instrumenti yordamida berilgan qator va ustunli diagramma to‘ri yaratish mumkin. Bu instrumentni Object (Ob'ekt) ochiluvchi paneli yordamida yoki sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali Greate Object / Graph Paper (ob'ekt yaratish / diagramma to‘ri) komandasi yordamida ishga tushirish mumkin.
Diagramma to‘rini yaratishdan oldin ustun va qatorlar sonini atributlar panelida berish lozim. Diagramma to‘ri yaratib bo‘lganidan so‘ng uning ustun va qatorlarini sonini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Agarda diagramma to`rini bo`lak yacheykasini tahrirlash zarur bo`lsa to`rni guruhlarga ajratish lozim. Shundan keyin to`rning harbir yacheykasi bo`lak to`rtburchaklikka aylanadi.
Turli shakl va o`lchamdagi chiziqlar chizish
F5 klavishini bosish orqali Curve (egri chizik )nomli ochiluvchi panelning xoxlagan bir instrumentini aktivlashtirishimiz mumkin. Unga panelni ochganimizda oxirgi foydalanilgan instrument aktivlashadi.
F5 klavishini bosganimizda Artistig Media (badiiy vositalar) instrumenti aktivlashadi.
№-_27_-Mavzu: Corel Draw dasturida maxsus effektlar va konvertatsiyalardan foydalanish
Reja:
Effektlarni qo`llash
Egish effekti bilan ishlash
Deformatsiya effekti
Perspektiva effekti
Effektlarni qo`llash
Corel DRAW amaliy dasturida ob'ektlar bilan ishlashda bir qancha effektlarni qo`llash mumkin. Bular quyidagi lardan iborat:
Egish effekti.
Deformatsiya effekti
Perspektiva effekti
Ekstruziya effekti
Qadam- baqadam o`tish effekti
Kontur (oreol) effekti
Soya effekti
Linza effekti
SHaffoflik effekti
|