Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

 
 
SURXAK KITABSKIY navi 
 
Tojikiston mahalliy navi. 1973 yili 
Respublika Davlat reestriga kiritilgan.Nav 
ertapishar bo‘lib, sovuqqa chidamliligi 
bo‘yicha boshqa O‘rta Osiyo navlaridan 
farq qilmaydi, un shudring bilan kam 
zararlanadi.Ta’mining sifati O‘rta Osiyo 
dagi navlardan ancha ustun turadi. Tupi 
o‘rtacha, uzum boshlari o‘rtacha, shakli 
silindrsimon, zich, bosh bandi kalta. 
Mevasining o‘rtacha vazni – 350 g. G‘ujumi o‘rtacha, tuxumsimon, 
rangi qizil, eti go‘shtli, shirali. Mevasi ta’mi bahosi – 8,7 ball,
Vegetatsiya davri– 84 kun. Hosildorlik – 106,2 -– 232,0 s/ga . 
 
 
48-rasm. Rizamat uzum 
navi 
49 rasm. Surxak 
kitabskiy 


151 
SULTONI navi 
Mahalliy nav. 1959 yili Qashqadaryo, 
Surxondaryo, 1967 yildan Buxoro, 
Navoiy va Toshkent viloyatlari bo‘yicha 
Davlat reestriga kiritilgan. Nav 
o‘rtapishar, yuqori sifatli mayiz va sharob 
tayyorlanadi. Tuplari so‘riga tortilganda, 
suv bilan muntazam ta’- minlanganda 
yaxshi o‘sadi.Antroknoz, un shudring 
kasalliklari bilan zararlanadi.Sovuqqa kam 
chidamli. 
Uzum boshi o‘rtacha, yirik, silindr - 
konussimon, zich.Mevasining 
o‘rtacha 
vazni 235g 
G‘ujumi yirik, sal tuxumsimon, rangi yashilroq – sariq, quyosh 
tushgan tomoni jigar rang-qo‘ng‘ir bo‘lib ketadi. Mevasining pishgan 
vaqtidagi ta’m bahosi – 8,5 ball. Eti shirador, tig‘iz, vegetatsiya davri 
– 149 kun. Hosildorlik – 83,3 - 100,0 s/ga . 
 
XURMANI QIZIL navi 
Mahalliy xalq navi. 1967 yildan Xorazm 
viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan. Nav 
o‘rtapishar, hosildorligi yuqori. Sovuq, 
qurg‘oqchilikka kam chidamli, un 
shudring bilan zararlanadi, mevasidan 
sifatli mayiz olinadi. Uzum shingili katta, 
o‘rtacha vazni – 360 g, g‘ujumi yirik, 
uzunchoq silindr shaklida, rangi to‘q qizil, 
binafsha tusli, eti zich, sershira. 
Po‘sti o‘rtacha qalinlikda. Mevasi tig‘iz, 
sersharbat, xushxo‘r. Uzum uzish vaqtida 
qand miqdori 20-22%, kislotaliligi esa 5-6 
g/l ga etadi. Hosildorligi – 120-160 s/ga. 
Tupi kuchli o‘sadi.O‘rta, kechki muddatda pishadi (avgust oxiri, 
sentyabr). 
 
50-rasm. Sultoni navi 
51 -rasm. Xurmani qizil 
navi 


152 

Download 4,88 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish